Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
31.05.2015 Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan filmlar namoiyishi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon  tamaki chekishga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan filmlar  namoyishi bo‘lib o‘tdi.

31may Xalqaro sog‘likni saqlash tashkiloti tomonidan 1988 yilda Butunjahon  tamaki chekishga qarshi kurashish kuni sifatida ta’sis etildi. Bu sana chekish muammosiga, uning natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlarga, inson va insoniyatga yetkazadigan zarariga jamoatchilik e’tiborini qaratishga yo‘naltirilgan.

30.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 30 may kuni O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada Mirtemir hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi kitoblar va uning asarlaridan namunalar o‘rin oldi.

O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir Tursun o‘g‘li 1910 yili tug‘ilgan. U ibtidoiy eski maktabni bitirgach, 1921-1923 yillarda Toshkentdagi «Almaiy» nomli bolalar namuna ish maktabida tarbiyalanadi. Mirtemir 1925 yili o‘zbek Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1929 yilda tamomlab, O‘zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o‘qiydi. Mirtemir oz   muddat oliy maktablarda ham dars beradi, muharririyatlarda xodim, teatrlarda adabiy emakdosh, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishladi. Uning birinchi she’ri 1926 yilda «Tanburim ovozi» deb nomlangan. «Shu’lalar  qo‘ynida» deb nomlangan birinchi kitobi esa 1928 yilda chop etilgan. Unda Vatan madhi, mehnat gashti va yosh zamondoshlarning ma’naviy dunyosi asosiy mavzu sifatida tarannum etiladi. Uning asarlari 30-yillarning ikkinchi yarmidagi o‘zbek lirikasining rivojlanishiga muhim hissa qo‘shgan asarlardandir.

29.05.2015 E’lon!


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyidagi ekspozitsiya yangilandi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kitob muzeyida “Sharq xattotlik (kalligrafiya) san’ati va paleografiya faniga oid kitoblar ko‘rgazmasi”deb nomlangan ekspozitsiyada Sharq amaliy san’ati va miniatyurasiga oid kitoblar  o‘rin egalladi. 
Mazkur ekspozitsiyaga qadim va zamonaviy davrlarda yaratilgan arab tilidagi xattatotlik (kalligrafik) namunalari, arab tili va kalligrafiyasini maxsus o‘rganuvchi o‘quv yurtlari uchun yaratilgan qo‘llanmalar, Sharq va boshqa hududlarning qadimiy tarixi va adabiyotiga oid asarlari mashhur fransuz olimlarining asarlari keltirilgan

28.05.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir Erkin Samandar ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi


2015 yil 28 may kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli adib, shoir, dramaturg Erkin Samandar tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Men shu el farzandiman” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Adibning 80 yilligiga bag‘ishlangan kechada uning kasbdosh do‘stlari, shogirdlari, she’larini kuyga solgan bastakoru xonandlar, Erkin Samandar ijodi ixlosmandlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda o‘z tabriklari bilan so‘zga chiqqan O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi, professor Rustam Abdullaev,  f.f.d. Nusratullo Jumaxo‘ja, shoira Zulhumor Akbarova, adibning shogirdi Bikanazar shoirning insoniyligi, uning she’riyatida mahalliy, milliy iftixorning sezilishini ta’kidladilar. 

28.05.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida iyun oyida o‘tkaziladigan tadbirlar:


1 iyun kuni 
 Xalqaro  bolalarni  himoya  qilish kuniga bag‘ishlangan “Bolalik olami” mavzusida  tadbirlar  va “Istiqbol” zalida  “Bolalik –beg‘uborlik  timsoli”  nomli  kitob-rasmli  ko‘rgazma;
10 iyun kuni soat 15:00da majlislar zalida  O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Said Ahmad tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Inson ufqqa intiladi” mavzusida  xotira kechasi, “Tafakkur” zalida “Halqimizning qahramon adibi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;

28.05.2015 Foydalanuvchilar diqqatiga!

  

2015 yil 29 may kuni, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tozalik va profilaktika kuni munosabati bilan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
 

Oldin   31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar