Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorlikda “Sabo shudringlarining jilvalari” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


03.04.2013
2 aprel kuni soat 15.00 da Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida  “Sabo shudringlarining jilvalari”mavzuida ko`rgazma bo‘lib o‘tdi.Ushbu tadbirni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o`rinbosari Alisher Ishmatov ochib berdi. Ko`rgazmada O‘zbekiston xalq rassomi , O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Akademigi Bahodir Jalolov, Sa`dulla Abdullayev; Toshkent shahar hokimi o`rinbosari, hotin-qizlar kengashi raisi, senatr Farida Abdurahimova Yo`ldashevna; Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti prorektori, san`atshunoslik fanlar doktori Dilfuza Rahmatullayeva; institut akademiklari, professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda ularning ota-onalari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti yosh rassomlari, Zulfiya mukofoti lauriyatlari ya`ni Ma`murboyeva Surayyo, Qayumova Xilola, Yoqubova Muhabbat, Po`latova Nigora, Qosimova Sarvinozlar so`zga chiqib qatnashdilar. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti prorektori Dilfuza Rahmatullayeva tadbir davomida ko`rgazma mualliflarini faxriy yorliq bilan taqdirladi. Ular rang tasvirining turli janrlari natyurmort, portret, peyzaj kabi yo`nalishlarda o`z ijod na`munalari bilan  mehmonlarni bahramand etdilar.


 
Yosh rassomlarning milliy rangtasvir yo‘nalishidagi ijodida milliy an'analarning tarannumi o‘z aksini topgan. Qolaversa, ranglarning tanlanishi tomoshabinni voqealikka teran ko‘z bilan qarashga undaydi. Tarixiy qadriyat, o‘tmish va bugunning uyg‘unlashuvi, ajdodlar va avlodlar silsilasidagi chizgilar, obod-axloq tamoyillari ijodkor asarlarida yorqin ifodalangan.



So‘zga chiqganlar ijodkor yosh rassomlarning ijodiy faoliyati zamonaviy milliy rangtasvirning rivojlanishidagi o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tishdi va barcha yig`ilganlar yosh rassomlarga kelajakdagi ijodiy faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladilar. 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar