27 mart kuni Milliy kutubxonada Xalqaro teatr kuni munosabati bilan “San`at-chegara bilmaydi” adabiy-badiiy kecha bo`lib o`tdi -
Bo`limga qaytish
28.03.2013
Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o’rni beqiyos. Zero san’at insonni ma’naviy jihatdan boyitadi, ijodiy qobilyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi. 27 mart- Xalqaro teatr kuni 1961 yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bo`lib o`tgan IX kongressida ta`sis etilgan edi. Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27 mart kuni teatr san`ati hodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
O`zbekistonda ham har yili Xalqaro teatr kuni bayramona bo`lib o`tadi. Teatr xodimlarining bu an`anaviy bayrami Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 37 ta professional davlat teatrlari faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatib, ma`naviy hayotimizning boyishida muhim ahamiyat kasb etib kelinmoqda.
Kutubxonada teatr aktyorlari, san’at arboblari bilan uchrashuvlar, ananaga aylangan. Bugungi ijodiy uchrashuv ham milliy san’atimizning yoshlar orasida keng targ’ib qilishga, teatr san’ati bilan yanada yaqindan tanishishga imkon beradi va o’tkazilgan har bir tadbir yoshlarning har tomonlama komil inson bo’lib yetishishida yordam beradi.
Hususan Milliy kutubxonada Xalqaro teatr kuni munosabati bilan “San`at-chegara bilmaydi” adabiy-badiiy kecha bo`lib o`tdi.Tadbirda O`zbek teatri ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori Omonilla Rizayev, O`zbek teatri ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi boshqarma boshlig`i Esonboy Nurimov, o`zbek milliy dramma teatri artistlari Tolibjon Mo`minov, Mehriddin Rahmatov, “ZiyoNet” resurs markazi Xalq ta`lim vazirligi huzuridagi bo`limi yetakchi mutahassisi Gulchehra Ibragimova kabi insonlar qatnashdilar. Unda o'zbek teatr san'atining kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari va unga o'zining ulkan va beminnat hissasini qo'shgan aktyorlar, rejissyorlar haqida qiziqarli ma'lumotlar keltirildi.
Tashrif buyurgan mehmonlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir so'ngida esa viktorina savollari bo'lib o'tdi va g'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.