Milliy kutubxonada electron resurslarni ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalarning prezintatsiyasi o`tkazildi. -
Bo`limga qaytish
28.03.2013
Joriy yilning 26 mart kuni Milliy kutubxonaning majlislar zalida “Electron kutubxona tarmoqlarida ilmiy-ta`limiy axborotlar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyalari”nomli har yili o`tkaziladigan ilmiy –amaliy seminarda prezintatsiya o`tkazildi. Ushbu prezintatsiyada Spinger, Wiley, EBSCO Publishing, E-Library, ЗАО «КОНЭК» kabi yirik kompaniyalar ishtirok etdilar.
Tadbirni Milliy kutubxona direktori A.A. Hodjayev ochib berdi. Spinger kompaniyasining vise prezidenti Asdaa Kotani va Markaziy Osiyo, Tursiya, Kipr, kabi mamlakatlarning hududiy direktori Aktas Sitki, Wiley kompaniyasining hududiy menejeri Reinhard Schuelke, Yi EBSCO Publishing kompaniyasining bosh direktori Kyung Soo, Bronina Yelena Aleksandrovna , generalniy director Udovenya Svetlana Mixaylovna va E-Library kompaniyasi ООО «РУНЕБ» director o`rinbosari Karalev Valentin Anatol`yevich kabilar o`z prezintatsiyalari bilan davom ettirdilar. Ushbu tadbirning maqsadi axborot-kutubxona muassasalari xodimlariga talabalarga, magistrlarga, professor o`qituvchilarga hamda ilmiy ta`limiy resurslar to`g`risida bilim olishga qiziquvchilarga electron kutubxina tarmoqlarida ilmiy-ta`limiy axborotlar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyalari to`g`risida ma`lumot berishdir.