Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
01.06.2015 Hurmatli foydalanuvchilar!


Ushbu sahifada kutubxonamizning eng qiziqarli, ommabop vaqtli matbuot nashrlarini taqdim etib boramiz. Bu yerda taqdim etilgan barcha nashrlarni kutubxonaning o‘quv zallaridan topishingiz mumkin. 

01.06.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi


2015 yil 1 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Kunning birinchi yarmida, tadbir doirasida amerikalik bolalar yozuvchisi Lara Snou Uittonning «Raqqosa Ayiqxon» ertak kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kitobda hikoya etilgan voqealarga rasmlar hamyurtimiz rassom Javlon Usmonov tomonidan ishlangan.
Taqdimotda AQShning O‘zbekistondagi muxtor elchisi Pamela Leora Spratlin, elchixona vakillari, Toshkent shahri maktablarining 1-2-sinf o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

01.06.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015 yil may oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari


Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar  – 2305 (jami – 107280);  
Qatnovlar –  67841;
Kitob berilishi  – 437683;
Ekskursiyalar (tashkilotlar)  – 35,   qatnashganlar soni  – 1255;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar  – 1034, avtoreferatlar  – 212, jurnallar  – 701.

01.06.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan o‘tgan foydalanuvchilar ko`rsatkichi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 107280 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 588 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning may oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2305 shundan chet el fuqorosi 20 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 757;
O‘quvchi – 776;
Abituriyent – 264

01.06.2015 Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda


25–29 maygacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 388 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shulardan 176 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 20 ta, tibbiyot – 4 ta, ta’lim va madaniyat – 51 ta, texnika – 3 ta, san’at – 6 ta, badiiy adabiyotlar – 81 ta, adabiyotshunoslik – 1 ta,  tilshunoslik – 5 ta, sport - 1 ta), 212 ta avtoreferatlarga (siyosat - 39 ta, tibbiyot - 31 ta,  texnika – 35 ta, tabiiy fanlar – 32 ta, qishloq xo‘jaligi - 11 ta, sport – 3 ta, san’at – 7 ta, ta’lim va madaniyat – 23 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni  15 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.

01.06.2015 Respublika yig‘ma elektron katalog markazining 01.05.2015 dan 29.05.2015 gacha bo‘lgan ish jarayonlarining statistik ma’lumoti.


Respublika yig‘ma elektron katalogda  yig‘ilgan bibliografik yozuvlar soni-950  635 (2013y.); 
Yig‘ma elektron katalog onlayn dasturida yuklangan bibliografik yozuvlar soni - 843 609;
Hozirgi kunda Respublika yig‘ma elektron katalog ishtirokchilar soni - 18

 

Oldin   30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar