Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi


26.03.2013
Bizga malumki, axborot texnologiyalari taraqqiyoti rivojlanishi mamlakatimizda axborot-kutubxona faoliyatining rivojiga katta ta’sir ko’rsatmoqda.Jumladan, foydalanuvchilarga zamonaviy xizmat ko`rsatish sohalari kengayib, elektron axborot almashinuvi keng yo`lga qo’yilgan. Alisher Navoi nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga sifatli hamda samarali xizmat ko’rsatishni takomilashtirish maqsadida elektron buyurtmalarni masofaga yetkazib berish xizmati yo’lga qo’yilgan va 1apreldan ushbu xizmat test rejimida ishlamoqda.  Bu tizim endilikda nafaqat kutubxonaga tashrif  buyuruvchi balki respublikaning boshqa hududidagi foydalanuvchilarga elektron ma’lumotnito’g’ridan to’g’ri taqdim etish imkoniyatini beradi.
 
Foydalanuvchilar quyidagi ma’lumotlarning elektron nusxasiga
buyurtma berishlari mumkin
 
- Jurnal va to`plamlardan  maqolalar nusxasi;
- Kitob yoki uning ma’lum bir qismidan nusxa (nodir va noyob nashrlar bo`yicha buyurtmalar qabul qilinmaydi);
- Mualliflik huquqini talab qilmaydigan va ommaga havola etilgan ma`lumotlar;
- Davlat vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar: qonuniy, siyosiy ma`lumotlar, qonun va qonunosti hujjatlari (farmon va farmoyishlar, qonunlar, qarorlar, buyruqlar, davlat dasturlari va x.) va ularning rasmiy tarjimalari.
 
Bunda foydalanuvchi internet tarmog’i orqali istalgan hududdan o`ziga kerakli ma`lumotga buyurtma berishi va O`zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqini himoya qilish to`g`risida”gi Qonunining 27 moddasiga  asosan   kutubхonalar tomonidan fuqarolarning o’quv va tadqiqot maqsadlaridagi so’rovlari bo’yicha, shuningdek ta’lim muassasalari tomonidan auditoriya mashg’ulotlari uchun to’plamlarda, gazetalar va boshqa davriy nashrlarda chop etilgan ayrim maqolalar va kichik hajmli asarlarning,  faqat 25% elektron nusxada taqdim etiladi.
Nusxa ko`rinishida taqdim etilgan ma`lumotlardan ta`lim olish, o’quv jarayonlarini ta`minlash yoki ilmiy tadqiqotlar uchun foydalanishga ruxsat etiladi.Tijorat yo’lida qayta nashrdan chiqarish, nusxa ko’paytirish va shaklini o`zgartirib boshqa shaxs yoki tashkilotlarga tarqatish qat`iyan ta`qiqlanadi. Kutubxona ma`lumotlardan foydalanishda qonunbuzarlik holatlari uchun foydalanuvchi javobgardir.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar