Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Xonanda Shahzoda 25 mart kuni Milliy kutubxonada matbuot konferensiyasini o`tkazdi - Bo`limga qaytish


25.03.2013
25 mart kuni  Milliy kutubxonada xonanda Shahzoda bo’lajak konserti oldidan ommaviy axborot vositalari hamda ijodining ashaddiy muhlislari bilan matbuot konferensiyasini o`tkazdi. Konferensiya xonandaning konsertiga homiylik qilayotgan “TARONA KONSERT” Prodyusserlik Markazi va O’zbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda tashkil etildi.


 
Ushbu  matbuot konferensiyada Shahzoda o’tgan yil o’zi va ijodiy jamoasi uchun barakali kelganligi, o’tgan davrlarda erishilgan yutuqlari haqida fikr bildirdi hamda muxlislari bilan qizg’in interfaol usulda blits savol javob o’tkazdi.
 
 
Hususan, matbuot konferensiyada quyidagi savollar ommaga keng yoritildi:
• “Istiqlol” san`at saroyida 1-7 maygacha bo`lib o`tadigan yakkaxon konsertining tayyorgarlik jarayonlari;
• O’zbek tilidagi albomining konsertda  bo`lib o`tadigan namoyishi ; 
• Rus tilidagi albomi haqida;
• Mashhur Yevropa ovoz yozish kompaniyasi bilan hamkorligi va uning ingliz tilidagi albomi;
• O’zbek xonandalari bilan kuylagan duetlari hamda Balqonning mashhur prodyusseri va qo`shiqchisi Kosti bilan kuylagan qo’shig’i, suratga olingan klip premyerasi haqida;
• Rossiya radioto`lqinlarida premyerasi bo`lib o`tgan “Maskat” qo`shig`i;
• Shahzodaning yangi ko`rinishdagi rasmiy saytining namoyishi va imkoniyatlari  haqida suhbatlar bo`lib o`tdi.
 
 
Ommaviy axborot vositalari xodimlari va muxlislar xonandaning ijodiy faoliyati, rejalari, bo’lajak konserti, xonandaning shaxsiy xayoti va o’zlarini qiziqtirgan boshqa ko’plab savollarga javob olishdi. Matbuot konferensiya yakunida xonanda jonli ijroda qo’shiq kuyladi va tashrif  buyurganlarga o’zining dastxati tushirilgan disklar va plakatlar taqdim etdi.   


Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar