Amerikaning mashhur bolalar ongi rivojlanishi mutaxassisi Duglas Doman Milliy kutubxonada ma'ruza o`qidi -
Bo`limga qaytish
20.03.2013
2013 yil 20 martda miya faoliyati buzilgan bolalarning yumshoq revolutsiyasi tiklash yo`lini o`ylab topgan Glenn Domanning o`g`li Amerikaning mashhur bolalar ongi rivojlanishi mutaxassisi Duglas Doman Milliy kutubxonada ma'ruza o`qidi. Bu ma'ruza O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash Vazirligi ko`magida Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida anjumanlar zalida aqli zaif bolalarning ota-onalari bilan birgalikda o`tkazildi.

Birinchi ma'ruza Sog`liqqa yo`l - unda miya faoliyati buzilgan bolalarga qanday qilib eng samarali yo'l bilan yordam berishning umumiy tushunchalari ko'rsatilgan (miya rivojining kechikishi, giperfaollik, autizm, Daun sindromi,epilepsiy va xakazo)
Ikkinchi ma'ruza Qanday qilib bolaning layoqatini rivojlantirish mumkin - bu maruza sog`lom tug`ilgan 6 yoshgacha bo`lgan bolalarda fiziologik ko`nikmalarining erta rivojlanishi va bolaning intellektual imkoniyatlarining muhimligi to'g'risida.
1955 yilda Glenn Doman Filadelfiyadagi butun dunyoga mashhur inson potensiali yutuqlari Institutlarining asoschisi boldi. Ushbu institutlarda AQSh va boshqa davlatlardan bugungi kungacha 15000 ta bemor davolangan. Glenn Domanning yondashuvi nihoyatda individual bolib, ota-onalar bolaga asosiy komak manbai hisoblanadi. Institutlar bemor bolalar ota-onalari uchun bebaho bolgan yarim asrlik tajribaga ega. Glenn Doman va uning jamoasi neyrofiziologiyaning bir necha on yillik ixtirolaridan keyin inson miyasi ozini tiklay olish (neyroplastiklik), regeneratsiya (neyrogenez) uchun ajoyib imkoniyatlarga egaligini; miya jadal sensor qozgatish yordamida ozgarishlarga tez berilishini; miya shikastlanishining turli xildagi simptomlari shunchaki simptomlar ekanligi va davolash ushbu simptomlarning kelib chiqish sababiga va bevosita shikastlangan miyaga qaratilishini aniqlaganlar.
Ma'ruzadan so'ng ota-onalar Glenn Doman usuli bilan tanishib chiqdilar. Bunda ularga "Agar farzandingizning miya faolyati buzilgan bo`lsa nima qilish kerak" nomli kitobi yordam beradi. Ushbu kitob miya faoliyati buzilgan, farzandining sog'lig'ini tiklash uchun yo'l qidirayotgan yoki qidirishdan to`xtagan ota-onalar uchun qimmatbaho sovg'a bo'la oladi.

Inson potensiali yutuqlari institutlari bir qancha notijorat tashkilotlar bo`lib, yarim asrdan yani 1955 yildan beri miya faoliyati buzilgan bolalarning ota-onalari uchun barcha mintaqalarda xizmat ko'rsatib kelmoqda. Ayni paytda Inson Potensiali Yutuqlari Institutining filiallari Braziliya, Italiya, Hindiston, Meksika, Singapur, Yaponiya kabi mamlakatlarda o`z faoliyatini yuritib kelmoqda. Oxirgi 3 yil davomida 21 ta mamlakat va 5 ta mintaqada 21000 ta ota-onalar bilan birgalikda ma'ruzalar o'qib kelinmoqda.