Foydali resurslar
2015 yil 10 iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Tafakkur” zalida Said Ahmad tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Xalqimizning qahramon adibi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalari o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar asosini uzoq o‘tmishga borib taqaladigan mustahkam do‘stlik rishtalari, qardoshlik, madaniyatlar, tillar hamda an’analar mushtarakligi tashkil etadi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Ozarbayjon madaniy hayotda ham yuqori samarali va ko‘p qirrali hamkorlik salohiyatiga ega.
2015 yil 9 iyun kuni O‘zbekistondagi Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi qoshidagi G.Aliev nomidagi Ozarbayjon milliy madaniy markazi vakillari O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida, ikkitomonlama do‘stlik va hamkorlikni mustaxkamlash maqsadida Ozarbayjon milliy madaniy markazi tomonidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga benazir tuhfa sifatida 43 nomdagi jami 59 nusxa Ozarbayjon tarixi, madaniyati, turizmi va iqtisodiyotiga doir kitob va musiqiy disklar hadya etildi.
2015 yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarni, ayniqsa, qizlarni kitobxonlik va mutolaa madaniyatiga jalb etuvchi tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xotin-qizlar ko‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirning maqsadi - o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni, kitobni saralab o‘qish madaniyatini targ‘ib etish orqali “ommaviy madaniyat” hamda Internet hurujlaridan yoshlarni asrab qolish, ularga shaxsiy kutubxona tashkil etish g‘oyasini singdirish, oilada kitobga bo‘lgan mehrni tarbiyalash.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bosh prokuratura, ichki ishlar vazirligi, o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Mahalla” XJF, “Kamolot” YoIH, “Oila” IAM hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbir doirasida respublika umumta’lim maktablarida, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, shuningdek, mahallalarda “Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” mavzusida haftalik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Yoz – mutolaa davri. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida bolalar kitoblari ko‘rgazmasi ochildi. Unda foydalanuvchilar e’tiboriga yangi nashrlar havola etilgan.
Ko‘rgazma ikki qismdan iborat.
Ko‘rgazmaning birinchi qismi “Bolalik – beg‘uborlik timsoli” deb nomlangan bo‘lib, u bola tarbiyasiga bevosita aloqador - tarbiyachi, murabbiylar, o‘qituvchi, qolaversa, ota-onalar uchun mo‘ljallagan. Bu yerda namoyish etilgan ”Farzand burchlari”, “Oila ma’naviyati va milliy g‘urur”, “O‘z farzandingga madad bo‘l”, “Milliy tarbiya asoslari”, “Prava rebyonka”, “Farzand aziz – ona mo‘tabar” kitoblari uz tarbiyaviy ahamiyatga ega hikoyalari va o‘gitlari bilan yosh avlod tarbiyasida ularga yordam beradi.
1–5 iyungacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 320 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat – 70 ta, ta’lim va pedagogika – 18 ta, tabiiy fanlar – 5 ta, ijtimoiy fanlar - 18 ta, badiiy adabiyot – 143 ta, tilshunoslik – 33 ta, adabiyotshunoslik – 13 ta, tibbiyot – 3 ta, qishloq xo‘jaligi – 2 ta, dinshunoslik -14 ta) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 109 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
2015 yil 3 iyun kuni “Tafakkur” o‘qish zalida zamonaviy rus tili asoschisi, buyuk rus shoiri, dramaturg va nosir Aleksandr Sergeevich Pushkin tavalludiga bag‘ishlangan “Qalbning ajib shiddati” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada buyuk shoirning bolalik, o‘smirlik va yoshlik davridan, o‘qish va surgun yillaridan, uning o‘limi tarixi va avlodlari haqida hiqoya qiluvchi kitoblar namoyish etilgan. Bu yerda Pushkinning hayoti, ijodi va falsafiy fikrlashini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar, uning asarlari sharhi ko‘rgazmada alohida o‘rin tutadi.