Foydali resurslar
2016 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ukrain shoirasi, dramaturg, tanqidchi, jamoat arbobi Lesya Ukrainkaning 145-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Ukrainaning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari, “Slavutich” ukrain milliy madaniy markazi qatnashchilari, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi ukrainlar hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etishdi.
2016 yil 29 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sanitariya-profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
2016 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aka-uka Vilgelm va Yakob Grimmlar hayoti va ilmiy izlanishlariga bag‘ishlangan “Ertak saqlovchilar” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi.
Folklor to‘plovchi aka-uka Vilgelm va Yakob Grimmlar ertaklarga xalq madaniyatining bir ko‘rinishi sifatida baho berar, ularni xalq tasavvuri va og‘zaki ijod namunasi sifatida asrab qolishga harakat qilar edilar. Aka-uka Grimmlar ilmiy izlanishining asosiy prinsipi – ertaklarning nafaqat mazmuni, syujeti rivojlanishi, yo‘nalishi, g‘oyasini, balki uning betakror tilini ham asrab qolishdan iborat. Ular to‘plagan ertaklar turli manbalardan olingan bo‘lib so‘zlab beruvchining til bo‘yoqdorligi, koloriti, maishiy realiyalar, uslubi va ohangi bo‘yicha bir-biridan farq qilar. Bunday xilma-xillikka qaramay aka-uka Grimmlar ularni tahrir qilishni uddaladilar: ertaklarning ruhi, tuzilishi va bir kishi tomonidan so‘zlab berilganligini tasavvur qilish imkoni yaratildi.
2016 yil 24 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek shoirasi Nodirabegim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar va jurnallardan tashkil topgan “Ko‘zlarim mushtoqdir diydor uchun” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi.
Shoira, XIX asrning birinchi yarmi o‘zbek mumtoz adabiyotining namoyondalaridan biri Mohlaroyim Nodira 1792 yilda Andijon xoqoni xonadonida tavallud topdi. U o‘sha davrdayoq har tomonlama yetuk ta’lim olgan, tarix va adabiyotga alohida mehr qo‘yib o‘rgangan. Qo‘qon honi Umarxon bilan turmush qurib, hayotining katta qismini Qo‘qonda, adabiy muhitda o‘tkazadi.
2016 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi katta majlislar zalida ukrainalik shoira Lesya Ukrainkaning 145 yilligga bag‘ishlangan adabiy musiqiy kecha bo‘lib o‘tadi.
Lesya Ukrainka – shoira, dramaturg, tanqidchi va davlat arbobi – ukrain adabiyotida T.Shevchenko, I. Franko, M. Kosyubinskiylar kabi buyuk nomlar bilan bir qatorda turadi.
2016 yil 22 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining «Jahon» zalida Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston milliy madaniy markazlar vakillari, kutubxona foydalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad - har bir mamlakatning o‘z tilini, til va madaniy merosini, madaniyatlararo munosabatlarni saqlashga bo‘lgan e’tiboriga alohida urg‘u berish.
Milliy madaniy markazlar vakillari O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining o‘z ona tillari, boy madaniy va ma’naviy meroslari, unga nisbatan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor haqida gapirdilar.