Foydali resurslar
2015 yil 19 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toshpo‘lat Matkarimov va “Qurama” folklor-etnografik ansamblining “Qurama ohanglari” nomli foto-, audio- va videoalbomlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda folklorshunos olimlar, san’atshunoslar, shoirlar, yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari, talabalar, folklor san’ati ixlosmandlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Saodat Yo‘ldosheva, “Qurama” folklor-etnografik ansamblining tashkil etilishi tarixi haqida so‘zlab berdi.
15–19 iyungacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 264 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat – 106 ta, ta’lim va pedagogika – 40 ta, tabiiy fanlar – 26 ta, badiiy adabiyot – 28 ta, tilshunoslik – 6 ta, adabiyotshunoslik – 2 ta, tibbiyot – 5 ta, qishloq xo‘jaligi – 12 ta, texnika – 22 ta, san’at – 11 ta, dinshunoslik – 1 ta, sport – 1 ta) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 19 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
2015 yil 16 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi bilan hamkorlikda «Yoshlar ma’naviyatini va intellektual salohiyatini yuksaltirishda axborot-kutubxona resurslarining o‘rni» mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suxbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari bilan bir qatorda boshqaruv organlari rahbarlari va mutasaddilari, olimlar va ta’lim, tarbiya va axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
2015 yil 13 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari Kompleksi tarkibidagi vazirlik va idoralari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Seminar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom talablarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida amalga tatbiq etish muammolariga bag‘ishlandi.
2015 yil 10 iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.