Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
11.03.2013
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 4 - 7 mart holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
42 nusxa gazeta; 14 nusxa jurnal; jami 525 bibliografik yozuv kiritildi; 79 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
45 ta ISBN raqami (kattalar uchun 41 ta va bolalar adabiyoti uchun 4 ta) 12 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 48 ta kattalar adabiyoti va 5 ta bolalar adabiyoti uchun 8 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
1 ta ISSN raqam berildi, 5 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi. Berilgan shartnomalarga asosan 16 ta nashrga yuk xati schet-fakturalar berildi.