Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasini to‘ldirilish hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda -
Bo`limga qaytish
04.03.2013
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2013 yil 25 fevral - 1 mart holatiga ko‘ra Milliy Kutubxonada ma'lumot kiritish ishlari bo‘yicha quyidagilar amalga oshirildi:
45 nusxa gazeta; 25 nusxa jurnal; jami 592 bibliografik yozuv kiritildi; 261 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish ishlari bo‘yicha quydagilar amalga oshirildi:
48 ta ISBN raqami (kattalar uchun 48 ta) 10 ta yuk xati, schet-fakturalar berildi. 29 ta kattalar adabiyoti va 12 ta bolalar adabiyoti uchun 7 ta hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
1 ta ISSN raqam berildi, 8 ta davriy nashrga hisob-kitob shartnomasi tuzildi. Berilgan shartnomalarga asosan 25 ta nashrga yuk xati schet-fakturalar berildi.