Foydali resurslar
2015 yil 29 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tozalik va profilaktika kuni munosabati bilan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
22 – 26 iyungacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 369 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 99 ta kitob (quyidagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 43 ta, ta’lim va madaniyat – 19 ta, texnika – 2 ta, qishloq xo‘jaligi – 6 ta, san’at – 9 ta, tabiiy fanlar – 10 ta, badiiy adabiyotlar – 13 ta, tilshunoslik – 2 ta, dinshunoslik – 1 ta ), 270 ta avtoreferatlarga (siyosat - 111 ta, tibbiyot - 40 ta, texnika - 49 ta, tabiiy fanlar – 22 ta, ta’lim va madaniyat – 11 ta, qishloq xo‘jaligi - 21 ta, san’at - 5 ta, sport – 4 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
2015 yil 26 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “Zahri qotil – inson umrining kushandasi” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Mazkur ko‘rgazmaning maqsadi kutubxona foydalanuvchilari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.
22-25 iyun kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “Ochiq ta’lim manbalari” onlayn kurslari bo‘lib o‘tdi.
2015 yil 25 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida loyihalar takliflarini ishlab chiqishga o‘rgatish treningi bo‘lib o‘tdi. Trening O‘zbekistondagi SOS Bolalar mahallalari Assositsiyasi tomonidan loyiha koordinatorlari Bolalar mahallalari direktorlari uchun tashkil etildi. Trening maqsadi – tashkilot maqsadi va homiy talablaridan kelib chiqqan holda loyihalar takliflarini ishlab chiqish.
O‘zbekistondagi SOS Bolalar mahallalari Assositsiyasi va uning filiallari hayriya tashkilotlari hisoblangani bois ular davlat subsidiyalari va xorijiy tashkilotlar ajratgan grantlar yordamida ishlaydi. “Loyihalar ishlanmasi” treningi Assotsiatsiya va uning filiallarining xodimlari tomonidan grantlarga yoziladigan arizalarning ko‘nivmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
|
2015 yil 24 iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va YeXHTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan “Qabul qilingan qonunlarni ijrochilar va aholiga yetkazish bo‘yicha xalqaro tajriba: huquqiy tartibga solinishi va amaliy jihatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Undan ko‘zlangan maqsad – qabul qilingan qonunlarni ijrochilar va aholiga yetkazish borasidagi ishlar bo‘yicha tajriba almashish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, Qonunni ijro etuvchi organlar ishida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va aholining huquqiy xabardorligida nodavlat va notijorat organlarining roli bo‘yicha xalqaro tajriba almashinuvi.