Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
01.07.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015 yil iyun oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari


Ro‘yhatdan o‘tgan foydalanuvchilar  – 2064 (jami – 108909);  
Qatnovlar –  80635;
Kitob berilishi  – 504699;
Ekskursiyalar (tashkilotlar)  – 21, qatnashganlar soni  – 918;
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar  – 745,  avtoreferatlar  – 275, jurnallar  – 645.
Jami – 1665

01.07.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan o‘tgan foydalanuvchilar ko`rsatkichi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 108909 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 435 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.

2015 yilning iyun oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2064 shundan chet el fuqorosi 9 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 547;
O‘quvchi – 733;
Abituriyent – 333

30.06.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tarixchi va sharqshunos olim, bibliograf, kitobshunos Ye.Betger hayotiga bag‘ishlangan bibliografik obzor va adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi


2015 yil 30 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tarixchi va sharqshunos olim, bibliograf, kitobshunos Yevgeniy  Karlovich  Betger hayotiga bag‘ishlangan bibliografik obzor va “Kitoblarga baxshida umr” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati rahbari Shoira Raximova Milliy kutubxona mutaxassislari uchun o‘tkazgan bibliografik sharhda taniqli sovet va o‘zbek kitobshunosi, bibliograf, kutubxonashunos, sharqshunos-tarjimon va muallim Yevgeniy Karlovich Betger hayoti va faoliyati haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, u Ye.K.Betgerning eskirgan katalog tizimini “Universal o‘nlik klassifikatsiyasi” (UDK) zamonaviy jadvaliga o‘tkazish borasida qilgan innovatsion va dolzarb taklifi to‘g‘risida gapirib: “Ye.K.Betger bibliografik ko‘rsatkichlardagi mavjud UDK iqtibozlarini birma-bir qo‘lda yozib chiqib, yagona jadval holiga keltirdi va 1918 yil yozida milliy Turkiston kutubxonalari xodimlari uchun “Universal o‘nlik klassifikatsiyasi” risolasini chop etdi.

30.06.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida iyul oyida tashkil qilinadigan tadbirlar


1 iyul kuni  “Kashfiyot” zalida fiziolog olim, O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan av texnika arbobi Ahmad Yunusovich Yunusov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma;
2 iyul kuni  “Adolat” zalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kunga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma;
20 iyul kuni “Adolat” zalida Butunjahon shaxmat kuniga bag‘ishlangan “Shaxmat –zehn-idrok dahosi” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma

30.06.2015 E’lon!

O’zbеkistоn Milliy kutubхоnаsi kitоb muzеyining nаvbаtdаgi ko’rgаzmаsidа frаnsuz tilidаgi qаdimgi kitоblаr o’rin оldi.
O’zbеkistоn Milliy kutubхоnаsining “Qo’lyozmаlаr, nоdir vа аlоhidа qimmаtgа egа nаshrlаr” fоndidа turli tildаgi kitоblаr оrаsidа frаnsuz tilidаgi qаdimgi kitоblаr hаm sаqlаnib kеlmоqdа. Ekspоzisiya uchun kitоb tаnlаshdа ulаrning nаshr etilgаn dаvri, kitоbаt sаn`аtining frаnsuzchа uslubi, shuningdеk, ulаrning mаvzulаr rаng-bаrаngligigа e`tibоr bеrildi. Ulаr ichidа eng qаdimiysi XVII аsr o’rtаlаridа nаshr etilgаn bo’lib, qоlgаnlаri аsоsаn XVIII vа XIX аsrlаrni tаshkil etаdi. Ko’rgаzmаdаgi kitоblаr tаriх, gеоgrаfiya, dinshunоslik, fаlsаfа vа bоshqа fаnlаrni tаshkil etmоqdа. Shuningdеk, qаdimiy ko’p jildlik kitоblаr, ya`ni mа`lumоtnоmа, ensiklоpеdiya vа lug’аtlаrgа hаm аlоhidа o’rin аjrаtilgаn.
29.06.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yuksak ma’naviyatli avlod” yoshlar ijodiy festivalining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi


2015 yil 29 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘z safida uch yuzdan ziyod rassomlik, dizayn, milliy xunarmandchilik, amaliy-bezak, notiqlik, musiqa san’ati, jrnalistika va adabiyot sohalarida qobiliyatli yoshlarni jamlagan “Yuksak ma’naviyatli avlod” yoshlar ijodiy festivalining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur festival Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tashabbusi bilan respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi vazirligi, viloyat hokimliklari ko‘magida o‘tkazilib, u yoshlar orasida iqtidorli, intellektual boy va qobiliyatli yoshlarni tanlab ularning layoqatlarini va kasbiy mahoratlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgandir. Festivalning asosiy maqsadi-  navqiron avlod o‘rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni zamon ruhiga hamohang tarzda yo‘lga qo‘yish, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdidlarning oldini olish, yoshlarda mustahkam mafkuraviy immunitetni qaror toptirishga ko‘maklashishdan iborat.


Oldin   26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar