Foydali resurslar
2015 yil 21 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2015 yil birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi vakili, kutubxona rahbariyati, xizmat rahbarlari, xodimlar va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev yig‘ilish qatnashchilariga 2015 yil 16 iyulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining majlisi, unda muhokama etilgan masalalar va qilingan hulosalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. U yig‘ilish qatnashchilarini yarim yillik yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning o‘sishi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi va tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari, shuningdek, qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish, xizmatlar va servis sohasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.
2015 yil 20 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida FIDE – Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan 1966 yilda ta’sis etilgan Xalqaro shaxmat kuniga bag‘ishlangan “Shaxmat – zehn idrok dahosi” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad kutubxona foydalanuvchilarining shaxmatga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirib, ularni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida mavjud shaxmatga doir adabiyotlar bilan tanishtirish.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Theory and Methods of Strength Assessment of Earth Dams” (“Gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usullari”) kitobi bilan boyitildi. 330 bet hajmli mazkur kitob «LAP LAMBERT Academik Pablishing» nashriyoti tomonidan 2015 yilda ingliz tilida chop etildi.
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti nazariy va qurilish mexanikasi kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor M.M.Mirsaidov va texnika fanlari nomzodi, dotsent T.Z.Sultonovlarning kitobi gruntli inshootlarning havfsizligini va ishonchliligini ta’minlash muammosiga bag‘ishlangan. Muammoning dolzarbligi ahamiyati uning fojiali yakuni oqibatida yetkazilgan iqtisodiy talofat bilan bog‘liq.
2015 yil 15 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxona qoshida tashkil etilgan “INFOLIB”- axborot-kutubxona xabarnomasining ilk soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Jurnal kutubxonaning matbaa bo‘limida chop etildi.
Taqdimotda kutubxonachilik va kitobshunoslik sohasi mutaxassislari, axborot-kutubxona muassasalari xodimlari, noshirlar, kutubxona foydalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev “INFOLIB”- axborot-kutubxona xabarnomasi tashkil etilishining O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasi taraqqiyotida ehtiyoji va dolzarbligini ta’kidladi.
Sizga mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, kutubxonaning “Tafakkur” o‘quv zalida milliy, jahon qolaversa qardosh xalqlar adabiyot nomoyondalari tavallud kunlari, yubiley sanalari munosabati bilan ko‘rgazmalar tashkil qilindi. Bu ko‘rgazmalarda e’tiboringizga adiblar hayoti va faoliyatiga doir kitob, jurnal va qiziqarli ma’lumotlarni muntazam taqdim etib boramiz.
Siz xozirda tashkil etilgan, iyul oyida tavallud kunlari nishonlanadigan adiblar Ernest Xeminguey hamda Aleksandr Dyuma ijod namunalarini qamrab olgan “Ajdodlar xotirasidagi adib”, “Sarguzashtlarga boy hayot” nomli ko‘rgazmaga tashrif buyurib, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob fondida mavjud adiblar hayoti va ijodiga mansub adabiyotlar bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.