Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
10.08.2015 Milliy kutubxonada milliy va jahon adabiyoti yubiley sanalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilinadi

Xurmatli foydalanuvchilar!
Sizga mamnuniyat bilan shuni ma’lum  qilamizki, kutubxonaning “Tafakkur”  o‘quv zalida  milliy, jahon qolaversa qardosh xalqlar adabiyot nomoyondalari tavallud kunlari, yubiley sanalari munosabati bilan ko‘rgazmalar tashkil qilindi. Bu ko‘rgazmalarda e’tiboringizga adiblar hayoti va faoliyatiga doir kitob, jurnal va qiziqarli ma’lumotlarni muntazam taqdim etib boramiz.
Siz hozirda tashkil etilgan,  avgust oyida tavallud kunlari nishonlanadigan adiblar Teodor Drayzer hamda Lev  Nikolaevich Tolstoy ijod namunalarini  qamrab  olgan «Amerikaning buyuk yozuvchisi” va “Lev Tolstoyning o‘lmas merosi” nomli ko‘rgazmalarga tashrif buyurib, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob fondida mavjud adiblar hayoti va ijodiga mansub adabiyotlar bilan tanishishingiz mumkin.
09.08.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sharqshunos-arabshunos olim, professor A.E.Shmidtga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi


2015 yil 9 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sharqshunos-arabshunos olim, Turkiston universiteti tarix-falsafa kafedrasi professori, muzeylar, qadimiy yodgorliklar, san’at va tabiatni muxofaza qilish Turkiston ko‘mitasi a’zosi Aleksandr Eduardovich Shmidtga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi.

Aleksandr Eduardovich Shmidt 1871 yilda Astraxanda tavallud topgan. 1889 yilda maktabni tugatgach Sankt-Peterburg universiteti sharq tillar fakultetiga, 1894 yilda esa shu fakultetning arab-fors-turk bo‘limiga o‘qishga kirdi. Talabalik davridayoq u yevropa, sharq va qadimiy tillarni egallab, shu sohada ilmiy tadqiqotlar amalga oshirgan. U tarixchi va arabshunos uchun islom yodgorliklarini mustaqil o‘qish va tadqiq etishni juda muhim hisoblagan va A.E.Shmidtning ilmiy qiziqishlarining shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan mashhur rus sharqshunosi V.R.Rozenning shogirdi edi. 

07.08.2015 Sotuv to'g'risida e'lon!


Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi kompyuter parkini yangilagani tufayli bir qator foydalanishga yaroqli orgtexnikani (printer, skaner, nusxa ko'paytirish mashinasi va kompyuter texnikasi) sotuvga chiqarmoqda.
Sotuvdagi orgtexnika ro'yhati bilan tanishish va uni harid qilishni istaganlar quyidagi manzilda ("Ma'rifat markazi" binosida) joylashgan O'zbekiston Milliy kutubxonasiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Navoiy ko‘chasi 1-uy, telefon (0 871) 232-83-89, (0 871) 232-83-93.
Arizalar 2015 yil 13 avgustga qadar qabul qilinadi.

04.08.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida musavvir I.Saviskiyning 100 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 4 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida restavrator, etnograf, san’atshunos O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan rassom, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi, Nukus san’at muzeyi tashkilotchisi va birinchi direktori Igor Saviskiyning 100 yilligiga bag‘ishlangan “O‘rta Osiyo Tretyakovi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

Igor Vitalevich Saviskiy 1915 yilda tavallud topgan. 1941 yilda Surikov nomidagi Moskva davlat rassomchilik institutiga o‘qishga kirgan. Kasalligi tufayli u armiyaga chaqirilmaydi. U taxsil olayotgan institut 1942 yildan 1944 yilga qadar Samarqandga evakuatsiya qilindi. Shunda yerda u birinchi marta O‘rta Osiyo xalqlarining o‘ziga xos va qiziqarli madaniyati bilan tanishadi. 1950 yilda esa u O‘zbekistonga arxeologik, etnografik ekspeditsiya tarkibida keladi va Qoraqalpoq xalq amaliy san’ati namunalari bilan qiziqadi.

03.08.2015 O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASINING NODIR KITOBLAR MUZEYI EKSPONATLARI YANGILANDI


O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Noyob kitoblar muzeyi”dagi navbatdagi ekspozitsiyasi “Mustaqillikning ma’naviy poydevorlari” mavzusidagi manbalarga bag‘ishlandi.

Ekspozitsiyaga davlatchilik masalalariga bag‘ishlangan, davlatchilik shakllari, davlat sistemasi, ijtimoiy tuzumning xususiyatlari, siyosif va madaniy an’analarning shakllanishiga oid kitoblar saralab olindi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar” fondida saqlanayotgan  mustaqillikning ma’naviy poydevorlariga asos bo‘la oladigan manbalarni tanlashda ularning nashr etilgan davri, noyobligi, shuningdek, o‘rta asrlarda yashab, ijod etgan hamda faoliyat olib borgan mutafakkirlarimiz, davlat arboblarimiz haqida yozilgan asarlarga e’tibor qaratildi.

03.08.2015 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan o‘tgan foydalanuvchilar ko`rsatkichi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 110857 ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 425 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.

2015 yilning iyul oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2369 shundan chet el fuqorosi 19 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 337;
O‘quvchi – 475;
Abituriyent – 1049;
Magistr – 31


Oldin   22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar