Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
26.08.2015 YuNESKO bosh direktorining o‘rinbosari Erik Faltning O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi


2015 yilning 26 avgustida Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga YuNESKO bosh direktorining o‘rinbosari Erik Falt tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Simpoziumlar saroyi va Milliy kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirilib, unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining faoliyati, imkoniyatlari va rivojlanish istikbollari yoritib berildi. 

Mexmonni qutlar ekan, Milliy kutubxona direktori A. Xodjaev Yurtboshimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan kutubxonaning qurilish tarixi va hozirgi faoliyati, foydalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, elektron bazani yaratish jarayonida qo‘llaniladigan ilg‘or informatsion texnologiyalar, Milliy kutubxonaning xalqaro aloqalari, hususan, turli xil loyixalar doirasidagi amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berdi. 

24.08.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Amerika tub aholisi raqslari» Amerika raqs dastasi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2015 yil 24 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Amerika tub aholisi raqslari» (Native Pride Dancers) Amerika raqs dastasi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Hayot davomida raqs tushib” deb nomlangan mazkur uchrashuvda O‘zbekistondagi AQSh  elchixonasi  vakillari, diplomatik korpus va qo‘shma tashkilotlar  a’zolari ishtirok etdilar. 

Orienna Snayder, Shaina Snayder, Shon Snayder, Edrian Stivens va Uilyam Leonarddan iborat guruh a’zolari mashhur guruhning tashkil etilishi tarixi, o‘zida tub amerikaliklarga xos zamonaviy va an’anaviy raqs uslublarini mujassam etgan shou dasturlari haqida so‘zlab berishdi.

17.08.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Betakrorimsan, yagonasan,ona Vatanim-O‘zbekistonim!” nomli kitob ko‘rgazmasi ochildi


1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilindi! Bu yil mamlakatimiz asosiy bayrami – Mustaqillik kunining yigirma to‘rt yilligini nishonlamoqda.

Shu monosabat bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasidat ushbu muhim sanaga bag‘ishlangan  “Betakrorimsan, yagonasan,ona Vatanim-O‘zbekistonim!” nomli foto-ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazma “O‘zbekiston: kecha va bugun”, “O‘zbekiston dunyo nigohida”, “Yuksak marralarga intil, tengdoshim!”, “Mustaqillik – bu huquq demakdir” va “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi!” ruknlarini o‘z ichiga oladi. 

17.08.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "Yurtim jamoli" foto tanlovini e’lon qiladi


Mustaqilligimizning  24 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Yurtim jamoli» deb nomlangan foto tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi. 

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar 2015 yil 3 sentyabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining photo@natlib.uz elektron manziliga o‘z foto suratlarini hamda o‘zlari haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari so‘raladi.

16.08.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Abu ali Ibn Sino tavalludining 1035 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 16  avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Sharqning ulug‘  allomasi Abu ali Ibn Sino tavalludining 1035 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk alloma  qomusiy olim” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Buyuk forsiy qomusiy olim, faylasuf, tabib, shoir, musiqachi va matematigining ilmiy merosi bebaho. U ilmning barcha sohalarini: falsafa, mantiq, musiqa, she’riyat, tilshunoslik, tibbiyot, matematika, astronomiya, kimyo, biologiya va geologiya fanlarini qamrab olgan.

Abu Ali al-Husayn Abdulloh ibn al-Xasan ibn Ali 980 yil Buxoro viloyatining Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Ibn Sino  Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida taniladi. Ma’lumki, u Buxoro amiri Nux ibn Mansurni og‘ir xastalikdan davolaydi, evaziga saroy kutubxonasidan foydalanishga izn so‘raydi va bu imkoiyatga ega bo‘ladi. Somoniylar kutubxonasi o‘sha davrda butun O‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan bo‘lgan. 

15.08.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Ja’farova 100- yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi


2015 yil 15  avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Ja’farova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Iste’dodli teatr va kino aktrisasi” mavzusida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi ochildi.

Tursunxon Ja’farova 1915 yilda Namanganda tavallud topdi. 1931-40 yillarda u Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1941 yildan esa Muqimiy teatrida ishlagan.
Uning ijodida kuchli dramatizm, aniq sahna harakatlari, qahramonlarining hissiyotlarini yorqin talqin eta olish qobiliyati ifodalangan. Undagi ayollik nazokati-yu, fikr-mulohazasining teranligi unga tomoshabinlar yodida uzoq saqlanib qoladigan rollar ijro etishiga ko‘maklashadi.


Oldin   21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar