Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
31.08.2015 Xalq e’tirofi – yuksak sharaf!


Mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston o‘zligini, tarixiy an’analarini, milliy qadriyatlarini ifoda etuvchi, fuqarolarni yuksak mehnat yutuqlariga, sport g‘alabalariga va ilmiy yangiliklarga ruhlantiruvchi o‘z davlat mukofotlarini ta’sis etdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari - bu «O‘zbekiston Qaxramoni» unvoni («Oltin Yulduz» medali); «Mustaqillik» ordeni, «Amir Temur» ordeni, «Jaloliddin Manguberdi» ordeni, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, «El-yurt hurmati» ordeni, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, «Mehnat shuhrati» ordeni; I va II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, I va II darajali «Shon-sharaf» ordeni, «Do‘stlik» ordeni, «Jasorat» medali, «Sodiq xizmatlari uchun» medali, «Shuhrat» medali va 34ta faxriy unvonlardir.

29.08.2015 Respublika yig‘ma elektron katalog markazining 03.08.2015 dan 29.08.2015 gacha bo‘lgan ish jarayonlarining statistik ma’lumoti


Respublika yig‘ma elektron katalogda  yig‘ilgan bibliografik yozuvlar soni - 1 435 715 (2013-2015 yy.), 
Yig‘ma elektron katalog onlayn dasturida yuklangan bibliografik yozuvlar soni - 1 002 488,
Hozirgi kunda Respublika yig‘ma elektron katalog ishtirokchilar soni - 19.

28.08.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Madaniyat va san’at atamalarining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2015 yil 28 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti mualliflar jamoasi tomonidan chop etilgan “Madaniyat va san’at atamalarining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda madaniyat va san’at sohasi mutaxassislari, tilshunoslar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Taqdimot marosimida O‘zbekiston davlat Madaniyat va san’at instituti prorektori, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Go‘zal Holiqulova o‘z kirish so‘zida bu kabi lug‘atning O‘zbekistonda birinchilar qatorida nashr etilayotganligi, uning dolzarbligi, lug‘at o‘z ichiga olgan atamalar, ixtisosiy terminlar, kasblar, mutaxassisliklar, ibora va tushunchalarning qo‘llanish ko‘lami va lug‘atni tayyorlashda o‘z xissasini qo‘shgan mualliflar jamoasi haqida so‘zladi.

28.08.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sentabr oyida tashkil qilinadigan tadbirlar


2-5 sentabr kunlari
  “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlar turkumi tashkil qilinadi:

- Kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyalari (imtiyozli);
- Kutubxona imkoniyatlari va resurslari bilan tanishtiruvchi prezentatsiyalar;
- Ilmiy-ta’limiy xorijiy elektron bazalar bilan ishlash bo‘yicha “Jahon” o‘quv zalida treninglar;
- “Ilmiy ishlar bazasi” bilan ishlash bo‘yicha “Ilm” o‘quv zalida treninglar;
 
4 sentabr kuni soat 15:00da Mustaqilligimizning 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan «Yurtim jamoli» fototanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi;
27.08.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kino olamiga sayohat” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 27 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kino olamiga sayohat” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va kutubxona kinomarkazida “Oltin to‘plam” fondidan o‘rin olgan o‘zbek milliy kinofilmlari namoyish etildi.

“Kino olamiga sayohat” ko‘rgazmasida taqdim etilgan kitoblar, gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar o‘zbek kino san’atiga va uning fidoiy namoyondalariga bag‘ishlandi.  “Кино и художественная литература”, “Фильмы и годы”, “Сотворение фильма”, “Ulug‘lar orasida”, “Sahna va zamon” kitoblari mamlakatimizda kino san’atining paydo bo‘lishi, birinchi ommaviy kino namoyishlari, jahon kinematografiyasida yorqin iz qoldirgan birinchi o‘zbek kino aktyorlari haqida hikoya qiladi.

26.08.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik - tog‘dek tayanchimiz, qudratli zaminimizdir” mavzusida adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2015 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligiga va Qatag‘on qurbonlarining xotirasiga bag‘ishlangan “Mustaqillik tog‘dek tayanchimiz, qudratli zaminimizdir” mavzusida adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasi raisi N.Karimov, “Vatan” kinofilmi ijodkorlari Z.Musoqov, A.Ubaydullaev, R.Shodieva, B.Yo‘ldoshev, M.Sagdullaev, “Xavas” oilaviy musiqiy ansambl qatnashchilari, xalq ta’limi taassarufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 


Oldin   20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar