Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
03.03.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Tashkenbay Egamberdiev tavalludining 150 yilliga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi


2016 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Milliy ku
tubxonasida o‘zbek dorbozlar sulolasi asoschisi, O‘zbekiston va Rossiya xalq artisti, Mehnat Qahramoni Tashkenbay Egamberdiev tavalludining 150 yilliga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Tashkenbaevlar sulolasi vakillari, san’atshunoslar, Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti talabalari, Toshkent estrada-sirk kolleji o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari U.Teshabaeva tadbir qatnashchilarini qutladi, kutubxonada shu kabi tadbirlar o‘tkazilishining tarbiyaviy ahamiyati va Tashkenbay Egamberdievning milliy sirk san’atining shakllanishida va O‘zbek Davlat sirkining tashkil topishida tutgan o‘rnini alohida e’tirof etdi.

03.03.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ubaydulla Burhonovning 95 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi


2016 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, jurnalist, aktyor, rejissyor, badiiy so‘z ustasi Ubaydulla Burhonovning 95 yilligi munosabati bilan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda taniqli madaniyat xodimlari, ommaviy axborot vositasi fidoiylari, jurnalistlar, operatorlar, Ubay Burhonning do‘stlari, maslakdoshlari va shogirdlari, kollej o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

01.03.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “To‘qtag‘ul: qo‘shiqqa evrilgan, kuylarga to‘kilgan umr” kitobi tarjimasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2016 yil 1 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “To‘qtag‘ul: qo‘shiqqa evrilgan, kuylarga to‘kilgan umr” kitobi tarjimasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda turkiyshunos olimlar, tilshunoslar, tarjimonlar, adabiyotshunoslar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Anqara universiteti Til tarixi va geografiya fakulteti professori Gulzura Jumakunova rahbarligida bir guruh turkiyshunos-tarjimonlar tomonidan nashr ettirilgan makur kitobni qirg‘iz tilidan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Zuhriddin Isomiddinov tarjima qilgan. Bag‘ishlov-kitob qirg‘iz xalqining ulug‘ oqini To‘qtag‘ul tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Eskishahar” Turkiya Madaniyat markazi agentligi tomonidan chop etilgan. Uning tayyorlanishida To‘qtag‘ulning hayot yo‘li va uning asarlari talqinini tadqiq etgan qirg‘iz, o‘zbek, ozarbayjon, qozoq, turkman va turk adabiyotshunoslari ishtirok etdilar. 

01.03.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya asarlarining ko‘rgazmasi ochildi


2016 yil 1 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludi munosabati bilan uning asarlari ko‘rgazmasi ochildi. Kitob-rasmli ko‘rgazmada shoiraning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar, jurnallar va gazetalar taqdim etilmoqda.

O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda tug‘ildi. U yuksak ma’naviyatli ziyolilar oilasida tavallud topdi. Zulfiya o‘rta maktabni va xotin-qizlar pedagogika bilim yurtini tamomlagach respublika gazeta va jurnallari nashriyotlarida ishlay boshladi, she’riyatga oshno bo‘lib she’r yozishni mashq qila boshladi.

01.03.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar:


1 mart kuni soat 15:00da
 katta majlislar zalida adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Zuxriddin Isomiddinovning qirg‘iz shoiri To‘qtag‘ulga bag‘ishlangan “To‘qtag‘ul: qo‘shiqqa evrilgan, kuylarga to‘kilgan umr” nomli kitobining taqdimoti; 
2 mart kuni soat 15:00da katta majlislar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, aktyor, rejissyor, badiiy so‘z ustasi Ubaydulla Burhonovich Burhonov (1921-1998) tavalludining 95 yilligi munosabati bilan xotira kechasi; 
3 mart kuni soat 9.00dan 13.00ga qadar katta majlislar zalida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan “O‘zbekiston XDPninig eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi;

29.02.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2016 yil fevral oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 131579 nafar foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 619 nafar foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.

2016 yilning fevral oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 2804 shundan chet el fuqorosi 17 nafar.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 833;
O‘quvchi – 1082;
Abituriyent – 271


Oldin   1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar