Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
15.09.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burhonov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan «Sahnada yashamoq kerak» deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burhonov  tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan «Sahnada yashamoq kerak» deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, Sh.Burhonovning oila a’zolari, maslakdoshlari, Glier nomidagi RIMAL o‘quvchilari, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti talabalari hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida ishtirokchilar e’tiboriga «O‘zbekkino» Milliy Agentligi tomonidan tasvirga olingan «Shukur Burhon» videofilmi namoyish etildi, shuningdek, ular O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burhonov gavdalantirgan obrazlar muhrlangan fotosuratlarni tomosha qildilar.

15.09.2015 YuNESKOning “Jahon xotirasi” dasturiga noyob hujjatli meroslarni taqdim etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘z ishini boshladi


2015 yil 15-17 sentabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida YuNESKOning “Jahon xotirasi” dasturiga noyob hujjatli meroslarni taqdim etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad - mamlakatimizda jahonda noyob hiso
blanmish hujjatli meroslar ro‘yxatiga loyiq manbalarni aniqlab, ularni belgilangan usullarga muvofiq asrashga hamkorlik qilish, noyob hujjatli merosga ommaviy tarzda foydalanish uchun ko‘mak berish, noyob hujjatli merosning ma’no-mazmuni va mavjudligi haqidagi ma’lumotni  butunjahon darajada targ‘ib qilish.

10.09.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida T.A.Sarimsoqov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Matematikaning betakror olamida” adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi


2015 yil 10 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida matematik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston FA asoschilari va keyinchalik Prezidentlaridan biri, fizika-matematika fanlari doktori, fan va ta'lim fidoiysi, jamoat arbobi, 170dan ziyod ilmiy risolalar, 8ta monografiya va 2ta darslik, shuningdek, ko‘pgina ilmiy maqolalar muallifi - O‘zbekiston FA akademigi Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov  tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Matematikaning betakror olamida” adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi.

09.09.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar haftaligi” davom etmoqda

Hayotimizda fan va ilg‘or texnologiyalarning taraqqiy etib borayotganini inobatga olgan holda, yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, ularni har tomonlama rivojlangan barkamol avlod bo‘lib yetishishi maqsadida hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasini isloh qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada ta’lim va ma’naviy tarbiyani uzviy olib borish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, yangi axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar o‘rtasida ilmga bo‘lgan intilish mustaqillik davrida olib borilgan islohotlarning samarasidir.

09.09.2015 O‘zbekistonlik kutubxona sohasi mutaxassislari Koreyada

2015 yil 25 avgustdan 1 sentabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari Seul shahri Dongdemoon tumanida joylashgan Kyongxi Universiteti Markaziy kutubxonasida “O‘zbekiston kutubxonachilarining malakasini oshirish” dasturi bo‘yicha Koreyaga tashrif buyurishdi, deb xabar beriladi Koreya elektron ommaviy axborot vositalarida.

07.09.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yozuvchi Aleksandr Kuprin tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi

 2015 yil 7 sentabr kuni  O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  yozuvchi va tarjimon  Aleksandr Kuprin tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi

O‘z ijodida hamisha buyuk o‘zgarishlar ro‘y berishiga ishonch bildirib ijod qilgan, an’anaviy rus klassik adabiyotining yorqin namoyondasi Aleksandr Ivanovich Kuprin 1870 yil 7 sentabr kuni tavallud topgan. U Moskvadagi Aleksandrov harbiy bilim yurtini tamomlagach, Chor imperiyasi chegara polklarida xizmat qiladi.

Oldin   18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar