Foydali resurslar
2015 yilning 29 sentabrda Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Yaponiya yer, infratuzilma, transport va sayyohlik vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Keysuke Suzuki boshchiligida Yaponiya delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlarga Simpoziumlar saroyi va Milliy kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirilib, unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining faoliyati, imkoniyatlari va rivojlanish istikbollari haqida so‘zlab berildi.
2015 yil 15 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ingliz yozuvchisi dunyoda Agata Kristi nomi bilan tanilgan Agata Meri Klarissa Mallouen tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan “Izquvarlik janri ustasi” deb nomlangani kitob ko‘rgazmasi ochildi. U o‘zi yaratgan 80 detektiv roman, 6 psixologik roman, 19ta hiqoyalar to‘plami va bugungi kunda ham o‘z mashhurligini yo‘qotmagan va dunyo teatrlarida sahnalashtirib kelinayotgan ko‘plab pesalari tufayli eng taniqli detektiv (izquvar) asarlar yozuvchilari sirasiga kiradi.
2015 yil 18 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, respublika va xalqaro konkurslar laureati, estrada qo‘shiqlari ijrochisi Pavel Borisov bilan ijodiy uchrashuv va unig “Skripka, notki, otkrovenya” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shoirlar, musiqachilar, estrada xonandalari, Pavel Borisov ijodining asl shinavandalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Texnik sabablar hamda sanitariya-profilaktika ishlarini olib borish maqsadida Milliy kutubxona 21 sentabr kuni
«Tozalik kuni» e’lon qiladi va ushbu kun foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmaydi.
2015 yil 17 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti «Bolalar kitobi» II respublika festivalida ishtirok etdi. “Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bu festival maqsadi - barkamol avlod tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ezgu ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuq va marralar mazmun-mohiyatini o‘quvchilar, keng jamoatchilikka tushuntirish, yoshlar tarbiyasida kitobning o‘rni va ahamiyati ulkan ekanligini yosh kitobxonlarga va ularning ota-onalariga yetkazishdan iboratdir. Festival doirasida taniqli yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, adabiy kechalar, mushoiralar bilan bir qatorda respublikamizda faoliyat kshrsatayotgan nashriyotlar o‘z maxsulotlari taqdimoti bilan qatnashdilar.
2015 yil 16 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”asari mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.