Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
30.09.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Inson, uning e’tiqodi, jamiyat, koinot: taraqqiyoti muammolari va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi


2015 yil 30 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Imom Buxoriy xalqaro markazi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston miliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Inson, uning e’tiqodi, jamiyat, koinot: taraqqiyoti muammolari va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari, faylasuflar, siyosatshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 

30.09.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida oktabr oyida tashkil qilinadigan tadbirlar


1 oktabr kuni
 “Tafakkur” zalida ustoz  va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozlarni e’zozlagan yurt” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
3 oktabr kuni “Kashfiyot” zalida shoir S. Yesenin  tavalludining 120 yilligiga “Yeщyo ya dolgo budu pet…” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma;
9 oktabr kuni “O‘zbekiston” zalida shoir Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy tavalludining 165 yilligi munosabati bilan  “Sog‘inchlarning cho‘g‘larini  jismim aro joylading…” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va bibliografik obzor

30.09.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015 yil sentabr oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 117565ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 640 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning sentabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 5248 shundan chet el fuqorosi 28 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 3569;
O‘quvchi – 1020;
Abituriyent – 196;
Magistr – 72

30.09.2015 O‘zbekiston Miliiy kutubxonasi nodir kitoblar muzeyi ekspozitsiyasi yangilandi


O‘zbekiston Miliiy kutubxonasi kitob muzeyining navbatdagi ekspozitsiyasi tabiiy fanlarga bag‘ishlandi. Ekspozitsiya maqsadi – foydalanuvchilarni natijalari hali ham dolzarb, tushunchalar majmuyi, qonunlar va nazariyalar ko‘rinishidagi qadimiy ilmiy tadqiqotlar bilan tanishtirishdan iborat. Bu yerda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlarga boy fondida saqlanayotgan  astronomiya, matematika, geometriya, botanika, zoologiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlarga oid adabiyotlar o‘rin olgan. 

30.09.2015 E’LON


Ustoz va murabbiylar kuni bayrami munosabati joriy yilning 1 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi dam olish kuni, deb e’lon qilinadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 121-moddasiga asosan, bayram arafasi, ya’ni 30 sentabr kuni ish vaqti bir soatga qisqartiriladi va foydalanuvchilarga soat 19.00 ga qadar xizmat ko‘rsatiladi.

 Ma’muriyat
29.09.2015 O‘zbekiston xalq artisti Olim Xo‘jaev tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “San’at bo‘stonida so‘nmaydi nomi” deb nomlangan xotira kechasi


2015 yil 29 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aktyor, rejissyor, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Olim Xo‘jaev tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “San’at bo‘stonida so‘nmaydi nomi” deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda aktyorning maslakdoshlari, izdoshlari, uning san’atining haqiqiy muhlislari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan tasvirga olingan “Yaxshi nom” hujjatli filmidan  parcha namoyish etildi.


Oldin   16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar