Foydali resurslar
O‘zbekistonda 2015 yilni «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan yoshi ulug‘ keksalarimizga e’tibor, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularning turmush tarzini yaxshilash, hayot faoliyatini yuqori darajaga ko‘tarish, faollashtirish va bo‘sh vaqtini maqsadli tashkil qilishga yo‘naltirilgan Davlat dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dasturda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida keksa yoshdagi foydalanuvchilar uchun «Kompyuter savodxonligi va Internetdan foydalanish» ijtimoiy loyihasi joriy etildi. Unga asosan muntazam ravishda keksa foydalanuvchilarimizning kompyuter savodxonligini oshirish va Internetda tarmog‘ida ishlashni o‘rganish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
2015 yil 7 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbek adabiyoti asoschilaridan biri shoir va mutafakkir Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy tavalludiga bag‘ishlangan bibliografik sharh va kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Muqimiy tavalludiga bag‘ishlangan kutubxona xodimlari va Muqimiy hayoti, lirikasiga qiziqqan foydalanuvchilar uchun tashkil etilgan bibliografik sharhni kutubxona mutaxassisi Javlon Jovliev olib bordi. U yig‘ilganlarga Muqimiy ijodining o‘ziga xosliklarini, uning jamiyatdagi illatlarga tanqidiy nazar bilan qarashi, uning do‘stlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulug‘langan lirikasi haqida so‘zlab berdi va Muqimiy lirikasiga mansub she’rlardan o‘qib berdi.
2015 yil 6-15 oktabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasida loyihalarni chuqurlashtirish davrida soha mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish” loyihasi doirasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tmoqda. IFLA va "Axborot hamma uchun" YuNESKO Dasturining Rossiya ko‘mitasi doimiy a’zosi, ekspert, Kemerovo davlat madaniyat va san’at universiteti, ijtimoiy soha axborot texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti direktori, professor N.I.Gendina tomonidan olib borilgan treninglarda respublika axborot-kutubxona muassasalarining 20 nafar mutaxassislari ishtirok etdilar.
2015 yil 2 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxona qoshida tashkil etilgan chet tillarni rivojlantirish va ommalashtirish Markazining ingliz, ispan, xitoy, koreys, nemis, yapon tillari og‘zaki nutq ko‘nikmalari natijalarining taqdimoti va Markazning til yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslarini o‘z ichiga olgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi, O‘tra maxsus va kasbiy ta’lim markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari, “KAMOLOT” yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika baynalmilal madaniyat markazlari vakillari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkentdagi xalqaro Vestminter universiteti mutaxassislari ishtirok etdilar.
Insonlarga ilm taratishdan, ularni jamiyatda yashashga tayyorlashdan sharafliroq kasb yo‘q. Zero, dunyoda eng buyuk, mas'uliyatli va matonatli kasb – O‘qituvchi kasbidir. O‘zgaga biron narsani o‘rgatish – juda mushkul. Siz bizlarga o‘z bilganlaringizni o‘rgatasiz, dunyo sirlarini ochasiz, bizni qo‘limizdan tutib ilk bor birinchi sinfga yetaklaysiz, bizlar haligacha tushunmay kelayotgan oddiy haqiqatlarni tushuntirib berasiz. Dunyo tamadduni asoslari uchun insoniyat sizning oldingizda bosh egadi. Kasbingiz sizdan nafaqat ko‘p bilimga ega bo‘lishni, balki ma'naviy boylik, sabot, kezi kelganda esa mustaxkam irodani talab qiladi.