Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
16.10.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bolalar yozuvchisi Djanni Rodarining 95 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi


2015 yil 16 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mashhur bolalar yozuvchisi, shoir, ertakchi va hikoyanavis Djanni Rodarining kitob ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada Djanni Rodarining har bir xonadonga kirib borgan, bolajonlarga yaxshilikning hamisha yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishini o‘rgatadigan quvnoq she’rlari, ertak va hikoyalaridan iborat kitoblari o‘rin olgan.

Djanni Rodari 1920 yilda Italiya shimolida novvoy oilasida dunyoga kelgan. U hamisha havonlarga rahmdil bo‘lganidan, adolatparvar, mehnatsevar va  olijanob inson bo‘lib yetishdi. 17 yoshida muallimlik diplomini olgach, u qishloq maktabining boshlang‘iya sinflarida dars bera boshladi. U xushchaqchaq muallim edi, o‘quvchilarga qiziqarli hikoyalar so‘zlab berar. Shunday qilib Dj.Rodari bolalar uchun quvnoq va ajoyib hikoya va ertaklarni to‘qiy boshladi.  

15.10.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

2015 yil 6-15 oktyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasida loyihalarni chuqurlashtirish davrida soha mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish” loyihasi doirasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Loyihaning maqsadi YUNESKOning “O‘quvchining axborot madaniyati asoslari” o‘quv-metodik kompleksi yordamida O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini oshirish.

15.10.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

2015 yil 15 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir tavalludining 100 yilligiga “Bolajonlarni o‘ylaganimda…” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada o‘zbek bolalar va o‘smirlar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Hakim Nazirning hikoyalari, qissalari va pyesalari taqdim etilgan.

09.10.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi


2015 yil 9 oktabr O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning ijtimoiy tarmoqda muloqotqilish mediasavodxonligini oshirish va ularning ko‘ngilochar saytlardagi ma’lumotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi. Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir “Yoshlarning ma’naviy imm
unitetini shakllantirishda ijtimoiy tarmoqlarning tutgan o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Toshkent islom universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

09.10.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Umr bekatlari” nomli hujjatli film taqdimoti


2015 yil 9 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekkino” Milliy Agentligi buyurtmasiga binoan, Respublika ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi tomonidan “Keksalarni e’zozlash yili”ga bag‘ishlab suratga olingan “Umr bekatlari” deb nomlangan hujjatli film taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekkino” Milliy Agentligi vakillari, film ijodkorlari, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent davlat madaniyat va san’at instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari, Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, film qahramon Halima aya Qayumova oila a’zolari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

08.10.2015 HURMATLI FOYDALANUVCHILAR!


O‘zbekiston
 Milliy kutubxonasining O‘qish zallarida “NatlibService” pullik  xizmat tizimi va internetdan foydalanish profilaktika ishlari tufayli vaqtincha to‘xtatiladi. Pullik xizmatlar to‘lovi kassa orqali amalga oshiriladi.           
Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz.

Ma’muriyat

Oldin   14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar