Foydali resurslar
2015 yil 23 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasidayoshlarning ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish mediasavodxonligini oshirish va ularning ko‘ngilochar saytlardagi ma’lumotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi. Galdagi seminar“Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish, suhbatlashish odobi hamda milliy mafkuramizga zid bo‘lmagan axborot-resurslardan foydalanishni targ‘ib etish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzaridagi “ZiyoNET” bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
2015 yil 23 oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonning UNESCOga a’zo bo‘lganligining 22 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada UNESCO ning O‘zbekistondagi faoliyatiga doir kitoblar, jurnallar va fotosuratlar joy olgan. Bu sog‘liqni saqlash, onalik va tug‘ilishlar, bola huquqi, inson rivojlanishi omillari, tabiat muammolari, iqtisodiyot, fan va madaniyat yutuqlariga, shuningdek, aholining turmush darajasiga bag‘ishlangan kitoblardir. Ko‘plab kitoblar orasida keng miqiyosda bo‘lib o‘tgan anjumanlarning ma’ruzalar to‘plamlari ham bor.
Xalqaro yoshlar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "Bugunning yoshlari" deb nomlangan foto tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Tanlovda qatnashish istagi bo‘lganlar 2015 yil 5 noyabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining photo@natlib.uz elektron manziliga turli sohalarga doir zamonamiz yoshlarining hayot faoliyatini, ulrning yutuqlari, muammolari va bo‘sh vaqtlari haqida hikoya qiluvchi foto suratlarini hamda o‘zlari haqidagi ma’lumotni taqdim etishlari so‘raladi.
2015 yil 20 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Ona tili-millat ko‘zgusi” shiori ostida davra-suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda navoiyshunos olima, professor Suyuma G‘anieva, O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon, tilshunos olim, f.f.n Zuxriddin Isomiddinov, adabiyotshunos olimlar, Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiy fakulteti kursantlari, P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.