Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
29.10.2015 Foydalanuvchilar diqqatiga!

2015 yil 30 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tozalik kuni munosabati bilan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.

28.10.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ergash Karimov ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi


2015 yil 26 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xalqimizning atoqli san’at arbobi, komediya janri ustasi, O‘zbekiston xalq artisti Ergash Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Qalbida kulgu nazmi” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada Ergash Karimov ijodi haqida hikoya qiluvchi “Milliy teatrimiz namoyondalari” va “San’atimiz yulduzlari” turkumidan “Kulishgani keldik” kitoblari, shuningdek, “Sog‘lom avlod uchun”, “O‘zbekiston matbuoti”, “Jannat makon” kabi vaqtli matbuotda chop etilgan maqolalar, ocherklar, suratlar  va u bilan olib borilgan intervyular o‘rin olgan.

26.10.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2015 yil to‘qqiz oylik yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


2015 yil 26 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2015 yil to‘qqiz oylik yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi vakili, kutubxona rahbariyati, xizmat rahbarlari, xodimlar va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev yig‘ilish qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining o‘tgan majlisi, unda muhokama etilgan masalalar va qilingan hulosalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

26.10.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Pirimqul Qodirov kitoblariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi


2015 yil 26 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov kitoblariga bag‘ishlangan “Pirimqul Qodirov – badiiy so‘zni jonlantirgan ijodkor”nomli kitob ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada P.Qodirovning "Gavharshodbegim”, “Humoyun va Akbar”, “Olmos kamar”, “Amir Temur siymosi”, “Meros”, “Yulduzli tunlar”, “Ona lochin vidosi” kabi tarixiy maavzuda yozilgan kitoblari va yoshlarning kundalik turmush muammolari, uning yechimlari, insoniy xislatlar va qahramonlarning ichki tuyg‘ulari yuksak badiiy mahorat bilan berilgan “Botirlar va baxillar”, “Qadrim”, “Izlaring”, “Erk”, “Olmos kamar”, “Qora ko‘zlar” asarlari o‘rin olgan.

26.10.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Maqsud Shayxzodaning ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi


2015 yil 25 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yozuvchi, shoir, dramaturg, usta tarjimon, mohir pedagog, tilshunos va adabiyotshunos Maqsud Shayxzodaning ijodiga bag‘ishlangan “O‘zbek adabiyotining zabardast vakili”deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

Maqsud Shayxzoda 1908 yilda tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni u mashxur pedagog Muxtor Afandi asos solgan maktabda oldi. Undan so‘ng Baku seminariyasida tahsil oldi va o‘qituvchilik faoliyatini boshladi. Aspiranturani tamomlagach Toshkent pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti tarixidan dars berdi. 1929 yilning oxirida otashin qalbli shoirning she’rlari matbuotda chop etila boshlaydi. U shoir va dramaturg, adabiyotshunos va tarjimon, tarixchi va ma’rifatparvar, notiq va pedagog edi.

25.10.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Pablo Pikasso ijodiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 25 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Pablo Pikasso ijodiga bag‘ishlangan “Zamonaviy san’at dahosi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada buyuk rassom, haykaltarosh, kulol va dizayner, kubizm yo‘nalishi asoschisi, syurrealist va impressionist hayoti va ijodiga dahldor kitoblar, albomlar, fotosuratlar va otkritkalar taqdim etilgan.


Oldin   12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar