Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
06.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi


2015 yil 5 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati, kutubxona xizmat rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil  11 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi” ga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2015 yil 9-13 noyabr kunlari “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona xaftaligini o‘tkazadi.

06.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon


2015 yil 9-13 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona xaftaligi o‘tkaziladi.

Milliy axborot-kutubxona haftaligining asosiy maqsadi- axborot madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda respublika milliy madaniy merosini asrash, mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish  imkoniyatlarini oshirish, yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish kabi ilmiy bilimlarni ommalashtirish; aholining turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirishdan iboratdir.

05.11.2015 Foydalanuvchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida texnik va profilaktik ishlari olib borilishi munosabati bilan 2015 yil 6 noyabr kuni xizmat ko‘rsatish soat 14:00 dan boshlanadi.

02.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2015 yil oktabr oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ro‘yxatidan 121038ta foydalanuvchi o‘tgan. Shundan 662 ta foydalanuvchi qayta ro‘yxatdan o‘tgan.
2015 yilning oktabr oyida ro‘yhatga olingan foydalanuvchilar soni 3430 shundan chet el fuqorosi 16 ta.
Foydalanuvchilar quyidagi toifalar bo‘yicha taqsimlandi:
Talaba - 1687;
O‘quvchi – 967;
Abituriyent – 242;
Magistr – 86

30.10.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari


O‘zbekiston Milliy kutubxonasida keksa yoshdagi foydalanuvchilar uchun “Kompyuter savodxonligi va Internetdan foydalanish” ijtimoiy loyihasi asosida keksa foydalanuvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish va Internet tarmog‘ida ishlashni o‘rganishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tadbir “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Kutubxona mutaxassislari joriy yilning oktabr oyida hujjatlar bilan ishlash, ofis ilovalari, Internet tarmog‘ida kerakli ma’lumotni qidirish, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish kabi harakatlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazdilar.

29.10.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida noyabr oyida tashkil qilinadigan tadbirlar

3 noyabr kuni soat 15:00da kinomarkazda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1010 yilligiga bag‘ishlangan “Xorazm Ma’mun akademiyasi” film namoyishi;
4 noyabr kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida  mutafakkir, shoir Boboraxim Mashrab tavalludining 375 yilligiga “Chamandin ayrilib bo‘lmas” mavzusida davra suhbati va “O‘zbekiston” zalida “Ohimni suvga aytdim...” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
9-13 noyabr kunlari  “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi;


Oldin   11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar