Foydali resurslar
10 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida Italiya musiqasi kechasi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston-Italiya” Do‘stlik jamiyati va O‘zbkistondagi Italiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan musiqa kechasida teatr artistlari rolida O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari ishtirok etdilar. Musiqiy kecha o‘z asarlari bilan italyan adabiy tili rivojiga katta xissa qo‘shgan buyuk shoir Dante Aligeri tavalludining 750 yilligiga bag‘ishlandi.
2015 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida KADATA avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimi bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Trening tashkilotchilari –BePro kompaniyasi.
Treningda KADATA avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimida oddiy, masofaviy qayd etish, topilgan resurslarni ko‘rish, tahrir qilish, statistikasini ko‘rish, eksport va import qilish ishlarini amalga oshiruvchi “Chitateli”, “Personalnыy kabinet”, “Sirkulyatsiya”, “Komplektovanie”, “Katalogizatsiya” va “Administrirovanie” kabi modullar yordamida ishlash bo‘yicha batafsil tavsiyalar berib o‘tildi.
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida san’atshunoslik fanlari nomzodi, taniqli kinoshunos Nigora Karimovaning “Muqaddima” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot Markaziy osiyoning 1920–1930 yillarda suratga olingan ilk ovozsiz filmlaridan lavhalar muhrlangan foto ko‘rgazma va filmlar namoyishini o‘z ichiga oladi.
Ko‘rgazma YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbarligida , “San’at” jurnali va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi foto Uyi ko‘magida bo‘lib o‘tmoqda.
Taqdimotda san’atshunoslar, “O‘zbekkino” Milliy agentligi vakillari, kinotanqidchilar, kinoshunosldar, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 9 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Alisher Navoiyning “Pyateritsa izumleniy” kitobining rus tilidagi badiiy tarjimasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Pyateritsa izumleniy” kitobining rus tilidagi tarjimasi filologiya fanlari doktori, navoiyshunos olim, xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik Aziz Qayumov va O‘zbekiston jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti professori Dinara Azimovaning say’i harakatlari tufayli amalga oshirildi. Alisher Navoiyning rusiyzabon kitobxonlarga avvallari notanish bo‘lgan asarlarining tarjimasi navoiyshunoslikda katta voqea hisoblanadi. “Pyateritsa izumleniy” kitobi tarjimasi o‘rta asrlar mutafakkiri, falsafa, dinshunoslik va tarixga doir kitoblar muallifi Abdurahmon Jomiyning 600 yillik tavalludiga atalgan.
2015 yil 9 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirishda axborot-kutubxona muassasalarining o‘rniga bag‘ishlangan “Betgerxonlik 2015” kasbiy munozarali davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Betgerxonlik” taniqli kutubxonashunos, bibliograf, tarixchi, kitobshunos Ye.K.Betger xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, olimlar, axborot-kutubxona fanlari o‘qituvchilari va mutaxassis-amaliyotchilarning axborot-kutubxona muassasalari faoliyati, axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatilishi, zamonaviy jamiyat infrastrukturasida foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligi g‘oyalarini tarqatishda roli va o‘rnini aniqlash, birlashtirish maqsadiga o‘ynaltirilgan.
2015 yil 9 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB–2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi tantanali ochildi. Haftalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishi va tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ga asosan o‘tkazilmoqda.
Tadbir avvalida direjyor Dilshod Mutalov boshchiligidagi O‘zbekiston davlat akademik xalq-cholg‘u orkestri ijrosida o‘zbek va chet el kompozitorlarining klassik, milliy va zamonaviy musiqalari yangradi.