Foydali resurslar
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Biz kitobni sevamiz!” mavzusida bolalar rasmlari tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Rus madaniyat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Toshkent shahar umumta’lim maktablarining 3-4-sinf o‘quvchilari “Biz kitobni sevamiz!” mavzusida o‘z chizgan rasmlari bilan qatnashdilar.
Mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad: kichik maktab yoshidagi bolalarni badiiy ijod turlariga jalb etish, kichik maktab yoshidagi bolalarni ijod orqali kitob o‘qishga jalb etish, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ochish.
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, dramaturg, yozuvchi, tarixshunos, publitsist, tarjimon, O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi Tadbirda shoir Eshqobil Shukur, adabiyotshunos olimlar Qozoqboy Yuldosh, Jabbor Eshonqul, yozuvchi Salomat Vafo, Yunusobod tumanidagi 274-son umumta’lim maktabining o‘quvchilari va X.Davron ijodi ihlosmandlari ishtirok etdilar.
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun axborot madaniyati va mediasavodxonlik bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Ilm egallash jamiyati o‘rniga kelgan axborot jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi davrida, “bir umrga yetgulik bilim egallash” tushunchasi o‘rniga “umr davomida bilim egallash” tushunchasi keldi hamda axborot-ta’lim muhitini tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish masalasi bolalar bilan ishlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona muassasasi mutaxassislarining kasbiy mahoratini baholovchi “AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASASINING ENG YAXSHI MUTAXASSISI” tanlovi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari kasbining ahamiyati va nufuzini oshirish, soha mutaxassislarining kasbiy mahorati, imkoniyati va faolligini namoyon etish maqsadida axborot-kutubxona muassasasi mutaxassislari orasida o‘tkazildi. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari ishtirok etdilar.
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Adabiyot bilimdoni” viktorinasi o‘tkazildi. Viktorinada Toshkent shahar Shayhontohur tumanidagi 41-umumta’lim maktabi 5-6-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad - yoshlar dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, o‘quvchilar ko‘nglida adabiyotga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, badiiy asar o‘qishga qiziqishini kuchaytirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishdan iborat.
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida Toshkent shahri musiqa kolleji o‘quvchilari uchun “Musiqa bilimdoni” musiqiy viktorinasi bo‘lib o‘tdi. Viktorinada Toshkent madaniyat kolleji va Yunus Rajabiy nomidagi musiqa kolleji o‘quvchilari ishtirok etishdi. Xaftalik doirasida o‘tkazilayotgan “Musiqa bilimdoni” tanlovini o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni musiqaga qiziqtirish va musiqiy qobiliyatlarini o‘stirishga harakat qilishdan iboratdir.