Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
10.03.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yoshlarda media va axborot madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi


2016 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yoshlarda media va axborot madaniyatini shakllantirish” mavzusida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “YS – your school” ingliz tili so‘zlashuv klubining davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida tashkil etilgan chet tillarni ommalashtirish va rivojlantirish markazi “YS – your school” tomonidan tashkil etilgan tadbirda ingliz tili so‘zlashuv klubining doimiy a’zolari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

10.03.2016 E’LON!


2016 yil 21 martda “Navro‘z” umumxalq  bahor bayramini nishonlash hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil  4 martdagi  176-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida: 
2016 yil Milliy kutubxonada mart-aprel oylari “Tozalik oyligi” deb e’lon qilinadi va 12-13 mart kunlari umumxalq hayriya xashari o‘tkaziladi.

Ma’muriyat
10.03.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiyning fiqh asoslariga bag‘ishlangan kitoblari bilan to‘ldirildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiyning “Fiqh asoslarini o‘rganish va u to‘g‘ridagi umumiy qarashlarning tafsiloti” (“Tahsil usul al-fiqh”) va “Yulduzlarning chiqishi va ilmlarning to‘planish joyi” (“Matla an-nujum va majma al-ulum”) kitoblari bilan to‘ldirildi. 

“Fiqh asoslarini o‘rganish va u to‘g‘ridagi umumiy qarashlarning tafsiloti” (“Tahsil usul al-fiqh”) kitobi “Noshir” nashriyotida 2015 yilda 208 bet hajmda chop etilgan bo‘lib, uning H.Aminov va S.Muhammadaminovlar tomonidan tarjimasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazining 2014-2015 yillarga mo‘ljallangan Yosh olimlar fundamental granti doirasida amalga oshirildi. 

08.03.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 8 Mart – Halqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqlol” zalida 8 Mart – Halqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Sen baribir muqaddassan...” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada namoyish etilgan eksponatlarni ayollarga bag‘ishlangan va ayollar haqida hikoya qiluvchi suratlar, kitoblar va jurnallar tashkil etadi.  

Ayollar kabi nozik, go‘zal va tarovatli bahor faslining ilk ayyomi –8 mart bayrami BMT tomonidan 1910 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, ayollarning o‘z haq-huquqlari himoya qilish, erkaklar bilan ijtimoiy hayotda, oilada va saylovlarda teng huquqli bo‘lish uchun kurashidan, dunyoda tinchlikni barqarorligini ta’minlashdan iborat kun edi. Bu kurashning ijobiy natijasini bugun bayram qilinmoqda. Hozirgi kunda bu go‘zallik va bahor tantanasi kunidir.

05.03.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida estrada xonandasi Shuhrat Daryo bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2016 yil 5 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida estrada xonandasi Shuhrat Daryo bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda san’atshunos olimlar, shoirlar, bastakorlar, musiqachilar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir boshlovchisi jurnalist J.Jovliev xonanda Shuhrat Daryo ijodining o‘ziga xos jihatlari, uning o‘zbek estradasida tutgan o‘rni, qozongan muvaffaqiyatlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. “Shuhrat Daryo shifokor kasbini egallagan bo‘lsada, ko‘p yillar mobaynida gitara chalar, mashhur qo‘shiqchilarning qo‘shiqlarini ijro etib kelardi”.
04.03.2016 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Baxtli ota-ona -baxtli farzandlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi


“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Oila va bola taraqqiyoti markazi” nomli loyiha ishlab chiqildi. Loyihaning maqsadi har bir oila farovonligi va yurtimizda tinchlik va osoyishtalikning muhim shartlari sifatida, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni yuzaga keltirish, ota-ona va farzandlar o‘rtasida o‘zaro bir-birini tushunish, hurmat va mehr-muhabbatga asoslangan munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. 

Munozara tarzida o‘tadigan to‘garak voyaga yetgan farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalar, farzand ko‘rishni rejalashtirayotgan er-xotinlar hamda tarbiya masalalari bilan qiziqayotgan yosh o‘g‘il-qizlarga mo‘ljallangan. 


Oldin   1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar