Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xitoy yozuvchisi Lao Shening o‘zbek tilidagi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


11.03.2016

 

2016 yil 11 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xitoy yozuvchisi Lao Shening “Mushuklar shahri xotiralari” nomli o‘zbek tilidagi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari, “DAVR PRESS” nashriyot-matbaa uyi xodimlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, jurnalistlar, xitoyshunos olimlar, tarjimonlar va Toshkent shahri OO‘Yu talabalari ishtirok etdilar.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, yu.f.d., professor A.Saidov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist va mohir tarjimon E.Ernazarov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan “Mushuklar shahri xotiralari” kitobining taqdimotini tashkil etgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga va uni sifatli va yorqin ko‘rinishda nashr etishda ko‘maklashgan “DAVR PRESS” nashriyot-matbaa uyiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. A.Saidov xitoy yozuvchisi Lao She hayoti, ijodi, umuman xitoy adabiyoti haqida so‘zlab berdi va taqdimoti bo‘lib o‘tayotgan kitobdan sitatalar o‘qib, ularni sharhlab berdi.  
Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Lisze mamlakatlarimiz o‘rtasidagi diplomatik, siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida madaniy aloqalarning muhim rolini ta’kidladi. “Men xitoy xalqi yozuvchisining kitobini O‘zbekistonda taqdim etilayotganidan mamnunman. O‘z o‘rnida men ham o‘zbek adabiyotiga muhabbatim cheksizligni izhor etmoqchiman. Men o‘z faoliyatimda Alisher Navoiy, Bobur va boshqa shoiru yozuvchilar ijodiga murojaat etib turaman. “Mushuklar shahri xotiralari” asari bilan zamonaviy xitoy adabiyotining ustasi Lao She satirik yozuvchi qanday bo‘lishi kerakligini namoyon etdi”.
Taqdimotda so‘zga chiqqanlarxitoy modernizm adabiyoti vakili Lao Shening ijodi, uning asarlaridagi asosiy g‘oyalar, uning ko‘plab tillarga, jumladan, o‘zbek tiliga, tarjima qilingan mashhur asarlari, Lao Shening “Mushuklar shahri xotiralari” roman-pamfletida fantastika va hajv orqali jamiyatning illatlarini ochib bera olgani va xitoy milliy xarakterini tasvirlay olgani haqida so‘zladilar. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xitoy bo‘limi 3-bosqich talabasi M.Yashnarbekova tarjimada milliy kolorit va asar uslubini saqlanib qolinganligi  to‘g‘risidagi taassurotlarini xitoy tilida bayon etdi. “Men barcha xitoy tilini o‘rganuvchi talabalar nomidan tarjimonga, noshirlarga va talabalarga mutolaa qilish, matnlarni qiyoslash, shu bilan birga tarjima qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirga hissa qo‘shayotgan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman”. 
Taqdimot qatnashchilari kitob to‘g‘risidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar va tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar