Ukrain shoiri va rassomi Taras Grigorevich Shevchenko tavalludining 202 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha -
Bo`limga qaytish
11.03.2016
2016 yil 11 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ukrain shoiri va rassomi Taras Grigorevich Shevchenko tavalludining 202 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondagi Ukraina Respublikasi elchixonasi va “Slavutich” ukrain milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda adabiyotshunos olimlar, tarjimonlar, shoilar, musiqiy jamoalar, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi ukrain millati vakillari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir ishtirokchilari Taras Shevchenkoning ukrain va rus adabiyotiga qo‘shgan hissasi, uning sherlaridagi ilhomlantiruvchi kuch, shuningdek, uning rassom sifatida rang-tasvir san’atida qoldirgan izi haqida gapirdilar.
“Slavutich” ukrain milliy madaniy markazi rahbari V.F. Boyko dedi: " Taras Shevchenko ijodi ukrain romantizm adabiyotining asl namunasi sifatida tanildi va uni dunyoga tanitdi. U o‘zini rassom sifatida namoyon qilgani sayin o‘zida poeziyaga bo‘lgan mehrni tuyar va unda ijod qilish ishtiyoqi paydo bo‘lardi. O‘z she’rlari orqali u yurtining go‘zalligini, o‘z qahramonlarining tashqi va ichki dunyosini suratini chizadi. Shevchenko ijodining o‘ziga hosligi – poetik obrazlarning sodda va oddiyligi, shaxs psixologiyasi to‘liq ochib berishidadir. Uning asarlari muallifshishng shaxsiy hayot yo‘lini ifodalaydi – bolaligi, Akademiyada o‘tahsil olgan yillari, Ukraina bo‘ylab sayog‘ati, ilmiy ekspeditsiyalari va surgun yillari”. Shuningdek, V.F. Boyko Shevchenkoning xo‘rlangan, jamiyat zulmiga qarshi, o‘z or-nomusini himoya qilib yakka kurashayotgan ayollarga bo‘lgan munosabati aks ettirilgan “Ko‘r qiz”, “Katerina”, “Cho‘ri” asarlariga alohida to‘xtaldi.
O‘zbekiston xalq artisti va Ukrainada xizmat ko‘rsatgan artist Z. I.Solovey ukrain shoiri, rassomi, prozanavis va etnograf Taras Shevchenkoning ukrain adabiyoti tarixida yangi davrning boshlanganidan darak bergan “Qo‘buzchi” she’riy to‘plami haqida hikoya qildi. “Ijodining so‘nggi yillarida Shevchenko antik dunyo tarixiga murojaat qilar, falsafiy-tarixiy rivoyatlar qahramonlarining zafarlarini madh etuvchi poemalar yaratar edi”.
Tadbirda “Lavanda” va “Cheremishina” ukrain etnografik jamoalari o‘z she’rlari va shoir Shevchenko she’rlariga bastalangan ashulalarini taqdim etdilar. Shundan so‘ng Taras Shevchenko hayoti va ijodiy yo‘li haqida hikoya qiluvchi badiiy film namoyish etildi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati