Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiyning fiqh asoslariga bag‘ishlangan kitoblari bilan to‘ldirildi - Bo`limga qaytish


10.03.2016

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiyning “Fiqh asoslarini o‘rganish va u to‘g‘ridagi umumiy qarashlarning tafsiloti” (“Tahsil usul al-fiqh”) va “Yulduzlarning chiqishi va ilmlarning to‘planish joyi” (“Matla an-nujum va majma al-ulum”) kitoblari bilan to‘ldirildi. 
“Fiqh asoslarini o‘rganish va u to‘g‘ridagi umumiy qarashlarning tafsiloti” (“Tahsil usul al-fiqh”) kitobi “Noshir” nashriyotida 2015 yilda 208 bet hajmda chop etilgan bo‘lib, uning H.Aminov va S.Muhammadaminovlar tomonidan tarjimasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazining 2014-2015 yillarga mo‘ljallangan Yosh olimlar fundamental granti doirasida amalga oshirildi. Kitobda Abu Hafs an-Nasafiy fiqh asoslariga oid jamlagan qonun qoidalari, Markaziy Osiyoda fiqh asoslari tarixi, fiqh asoslariga oid manblar, Abu Hafs an-Nasafiy hayoti va ilmiy merosi yoritilgan va kitobda uchraydigan tarixiy atamalarga izohlar berilgan. Kitobda arab tilida Abu Hafs an-Nasafiy fiqh asoslariga oid risolasi va unga sharhlar berilgan. Shuningdek, kitobda fiqhning yordamchi sohalari, Abu Hafs an-Nasafiyning asarlarida uchraydigan tushunchalar haqida boy ma’lumot berilgan.
 Abu Hafs an-Nasafiyning “Yulduzlarning chiqishi va ilmlarning to‘planish joyi” (“Matla an-nujum va majma al-ulum”) faksimilesi nashri Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazining “Markaziy Osiyo xalqlari yozma merosini o‘rganish: manbashunoslik va matnshunoslik tadqiqotlari” fundamental granti doirasida 2015 yilda 896 bet hajmda A.Mannonov, B.Abduhalimov, N.Muhammedov va S.Karimovalar tahriri ostida amalga oshirildi.
Kitobda Abu Hafs an-Nasafiyning hayoti, mudarrislik faoliyati, “Yulduzlarning chiqishi va ilmlarning to‘planish joyi” (“Matla an-nujum va majma al-ulum”) to‘plamining o‘rganilganlik darajasi, uning tuzilishi, mavzulari va mazmun-mohiyati haqida ma’lumot mavjud. Shuningdek, arab tilida faksimile, geografik joylar nomlari va arab matnida uchraydigan atamalarning ko‘rsatkichlari berilgan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar