O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Tashkenbay Egamberdiev tavalludining 150 yilliga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi -
Bo`limga qaytish
03.03.2016
2016 yil 3 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek dorbozlar sulolasi asoschisi, O‘zbekiston va Rossiya xalq artisti, Mehnat Qahramoni Tashkenbay Egamberdiev tavalludining 150 yilliga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Tashkenbaevlar sulolasi vakillari, san’atshunoslar, Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti talabalari, Toshkent estrada-sirk kolleji o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari U.Teshabaeva tadbir qatnashchilarini qutladi, kutubxonada shu kabi tadbirlar o‘tkazilishining tarbiyaviy ahamiyati va Tashkenbay Egamberdievning milliy sirk san’atining shakllanishida va O‘zbek Davlat sirkining tashkil topishida tutgan o‘rnini alohida e’tirof etdi.
“O‘zbek sirki tarixida dorboz Tashkenbaevlar sulolasi aloxida o‘rin egallaydi. Ular 150 yil mobaynida milliy dorbozlik an’analarini davom ettirib va rivojlantirib kelishmoqda, - dedi san’atshunoslik fanlari nomzodi P.Tashkenbaev - Sulola asoschisi Tashkenbay Egamberdiev 1935 yildan boshlab turli maydonlarda otasi – Egamberdi-otadan o‘rgangan dorda yurish san’atini namoyish etar edi. U ekvilibr, ya’zi simboz - balandligi 3 –4 metrni tashkil etgan egiluvchan simda akrobatik mashqlar namoyish etuvchi, so‘ngra esa dorboz - balandligi 25 – 30 metrni tashkil etgan dorda akrobatik mashqlar namoyish etuvchi degan maqomga ega bo‘ldi. Shunday qilib, u qadimiy dorbozlik san’atini bir necha pog‘onaga ko‘tarib, uni zamonaviy sirkning badiiy ifoda vositalari va murakkab o‘yinlari bilan boyitib kelayotgan va o‘zbek dorbozlik san’atini jaxon sirki maydonlariga olib chiqayotgan Tashkenbaevlar sulolasiga asos soldi. Hozirgi kunda O‘zbek Davlat sirkida sulolaning beshinchi va oltinchi avlod vakillari faoliyat yuritib kelmoqda, ular jahon sirk arenalarini larzaga solib, turli xalqaro musobaqalarda fahrli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar».
Xotira kechasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsangan artist O.Tashkenbaev, o‘zbek sirki faxriylari A.Tashkenbaeva va Sh.Yusupov, Respublika estrada-sirk kolleji “Sirk san’ati” bo‘limi mudiri, kasb-hunar ta’limi a’lochisi O.Tashkenbaeva va xalqaro sirk festivallari sovrindorlari, dorbozlar Jamshid va Behzod Tashkenbaevlar so‘zga chiqib, o‘zbek dorbozlari sulolasi asoschisi, Mehnat Qahramoni Tashkenbay Egamberdievning o‘zbek sirki ravnaqiga qo‘shgan xissasi, Tashkenbaevlar sulolasi davomchilarining o‘zbek sirk tarixida qoldirgan o‘rni va Tashkenbaevlar sulolasi yosh vakillarining faoliyati, xalqaro sirk san’ati festivallarida muvaffaqiyatlari haqida hikoya qilib berdilarlar.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsangan artist O.Tashkenbaev asrlar mobaynida dorbozlik kasbi avloddan avlodga, otadan o‘g‘ilga, o‘g‘ildan nabiraga meros bo‘lib o‘tib kelganini va yosh avlod vakillari uni takomillashtirib borayotganliklarini, yakkaxon chiqishlardan tashqari 4-6 kishi bo‘lib dorga chiqish faqat o‘zbek dorbozlariga xos bo‘lganligini tilga oldi. «O‘zbek dorbozlari dunyo sirk tarixida birinchi bo‘lib, dor va simdorda olg‘a va orqaga salto-mortale ijro etdilar, ilk bor an’anaviy dorda muhofaza vositalarini qo‘llab, bir qator murakkab tryuklarni ijro etdilar. Jahon dorbozlik san’atida «Muvozanat», «Ikki kishilik shpagat», «Uch qavatli piramida» tryuklari faqatgina Tashkenbaevlar sulolasi vakillari repertuarlaridan o‘rin olgan». Tashkenbaevlar sulolasi yosh vakillari, xalqaro sirk festivallari sovrindorlari, aka-uka dorbozlar Jamshid va Behzod Tashkenbaevlar so‘zga chiqib, Rimda bo‘lib o‘tgan «Oltin sirk» festivali, Seulda bo‘lib o‘tgan dorbozlar musobaqasidagi ishtiroklari va u yerda qo‘lga kiritgan g‘alabalari haqida dilar.
Xotira kechasida o‘zbek dorbozlar sulolasi asoschisi, O‘zbekiston va Rossiya xalq artisti, Mehnat Qahramoni Tashkenbay Egamberdievning o‘zbek sirki rivojiga qo‘shgan xissasi, uning davomchilarining san’ati haqida hikoya qilib beruvchi hujjatli filmlar, ularning faoliyatini yorituvchi rasmlar, kitoblar, jurnallar va sulolaning yosh vakillarning turli festival va musobaqalarda qo‘lga kiritgan sovrinlaridan iborat ko‘rgazma namoyish etildi. Bularning barchasi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati