O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ubaydulla Burhonovning 95 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi -
Bo`limga qaytish
03.03.2016
2016 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, jurnalist, aktyor, rejissyor, badiiy so‘z ustasi Ubaydulla Burhonovning 95 yilligi munosabati bilan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda taniqli madaniyat xodimlari, ommaviy axborot vositasi fidoiylari, jurnalistlar, operatorlar, Ubay Burhonning do‘stlari, maslakdoshlari va shogirdlari, kollej o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Xotira kechasini olib borgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi M.Yo‘ldoshev ustoz san’atkorning shogirdlari unda qadrlagan pedagogik sifatlariga alohida to‘xtalib o‘tdi. “Qariiyb barcha suhandonlar o‘zlarini Ubay Burhonning maktabida toblangan deb hisoblaydilar. Uning kasbiy mahorati va o‘z ishiga fidoiyligi barchamizga hamisha o‘rnak bo‘lib kelgan”.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi B.Abdullaev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, rejissyor M.Mahkamov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissyor M.Mahamedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, suhandon G.Melnikova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, suhandon M.Muhamedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, siyosiy sharhlovchi T.Qoratoev, rejissyor H.Qahramonov, jurnalist M.Asadullaev, siyosiy sharhlovchi I.Abduxalikovlar o‘z xotiralari bilan o‘troqlashdilar.
So‘zga chiqqanlar Ubay Burhonning O‘zbekiston televideniesida qizg‘in ijodiy muhitni shakllantirishidagi o‘rni, ilk o‘zbek milliy seriallar yaratishda serqirra uning serqirra ijodkor va rahbar sifatida roli, milliy seriallar yaratishda u bilan ijodiy hamkorlik, uning hamkasblarga, shogirdlarga munosabati, uning suhandonlar maktabining tashkil etishdagi roli, uning o‘z so‘zlari va amallari bilan yosh jurnalist, rejissyor, operator va suhandonlarga ibrat bo‘lganligini alohida e’tirof etdilar.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi B.Abdullaev O‘zbekiston televideniesida ijodiy muhitni shakllantirishda Ubay Burhonning o‘rni, uning o‘zbek televideniesi rivoji, yosh kadrlarni tarbiyalashdagi harakatlari haqida hikoya qildi. “Ubay Burhon o‘z shogirdlariga mehribon, ularning muammolarini tinglar, ularni hal qilishda ko‘maklashar, tasvirga olish jarayonida esa u shogirdlari fikri bilan hisoblashar, ularga o‘zini namoyon qilishga imkoniyat yaratar edi”.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, siyosiy sharhlovchi T.Qoratoev Ubay Burhon haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashar ekan, uning radio va televidenie ishiga sodiq jurnalist, ko‘pgina milliy loyihalarning tashabbuskori, o‘z maslakdoshlari, hamkasblari va shogirdlarining muvafaqqiyatlaridan cheksiz xursand bo‘ladigan inson sifatida tilga oldi.
“Televideniega kelgan har bir jurnalist Ubay Burhonovni o‘z ustozi deb biladi. Uning so‘zlari, ishlari bizlar uchun o‘z kasbiga adolat, sadoqat va fidoiylik namunasi edi. U televidenieda katta ahil jamoani to‘plab, bu yerda kasbiy mahorat va o‘zaro hurmat muhitini yaratgan insondir”, deb esladi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, suhandon G.Melnikova.
Tadbir ishtirokchilariga Ubay Burhon ijodini yorituvchi film namoyish etildi. Shuningdek ular ijodkorning do‘stlari, hamkasblari va shogirdlarining iliq xotiralarini tinglab, mazkur jurnalist, aktyor, rejissyor, badiiy so‘z ustasi haqida ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati