Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ukrain shoirasi Lesya Ukrainkaning 145- yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


26.02.2016

 

2016 yil 26 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ukrain shoirasi, dramaturg, tanqidchi, jamoat arbobi Lesya Ukrainkaning 145-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Ukrainaning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari, “Slavutich” ukrain milliy madaniy markazi qatnashchilari, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi ukrainlar hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etishdi. 
Tadbirda Milliy kutubxona direktori A. Xodjaev, Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favkulodda va Muxtor elchisi Yu. Savchenko, elchixona konsuli Yu. Verbiskiy, “Slavutich” madaniy markazi raisi V. Boyko nutq so‘zlab, mehmonlar va tadbir ishtirokchilarini qutlashdi. Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favkulodda va Muxtor elchisi Yu. Savchenko ukrain xalqi shoirasi Lesya Ukrainkaning murakkab hayot yo‘li va boy madaniy merosi haqida so‘zlar ekan, quyidagilarni ta’kidladi: “U poeziya, lirika, epos, drama, proza, publitsistika kabi turli xil janrlarda ijod qildi. Shunigdek, folkloristika sohasida faoliyat yuritib, ukrain milliy xarakatida faol ishtirok etdi. Urta asr va antik davrga oid dramalar yaratar ekan, Ukrainka o‘z xalqini jahon madaniyati xazinasi bilan tanishtirdi, ukrain poeziyasini boyitdi va o‘z o‘quvchilarining dunyoqarashini kengaytirdi. 
Elchixona konsuli Yu. Verbiskiy uz nutqida Ukrainkaning asarlarida surilgan ilg‘or fikrlar, u tomonidan yaratilgan erksevar obrazlar haqida so‘zladi va adibaning asarlarida ukrain abdabiyotidagi eng sara an’analar uygunlashganligini ta’kidladi. 
Boshlovchi L. Tarasova tadbir katnashchilariga Ukrainkaning “Kushiqlar qanotida”, “O‘ylar va orzular” lirik asarlari, “Ko‘hna ertak”, “Yagona so‘z”poemalari, “Boyar xotini”, “Kassandra”, “O‘rmon qo‘shig‘i” dramalari haqida ma’lumot berdi. 
Tadbirda ukrain adibasi, shoira, tarjimon va madaniyat arbobi Lesya Ukrainka hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish qilindi, shoiraning she’rlari yangradi, “Cheryomshina” va “Lavanda” ansambllari qatnashchilari Lesya Ukrainkaning she’riga bastalangan qo‘shiqlar ijro etishdi. 
Uz ijodi bilan ukrain xalqining merosiga bebaho hissa qo‘shgan, ukrain adabiyotining yorqin namoyandasi Lesya Ukrainkaning 145-yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar