Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ko‘zlarim mushtoqdir diydor uchun” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi - Bo`limga qaytish


24.02.2016

 

2016 yil 24 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek shoirasi Nodirabegim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar va jurnallardan tashkil topgan “Ko‘zlarim mushtoqdir diydor uchun” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi. 
 
Shoira, XIX asrning birinchi yarmi o‘zbek mumtoz adabiyotining namoyondalaridan biri Mohlaroyim Nodira 1792 yilda Andijon xoqoni xonadonida tavallud topdi. U o‘sha davrdayoq har tomonlama yetuk ta’lim olgan, tarix va adabiyotga alohida mehr qo‘yib o‘rgangan. Qo‘qon honi Umarxon bilan turmush qurib, hayotining katta qismini Qo‘qonda, adabiy muhitda o‘tkazadi. U Umarxon bilan yozuvchilar, shoirlar va adabiyot hayrixohlari davrasida mushoiralarda ishtirok etardi. U Sharq she’riyatining qadimiy an’analariga rioya qilib o‘zbek (“Nodira” va “Komila” tahalluslari ostida) va fors-tojik (“Maknuna” tahallusi ostida) tillarida ijod qilgan. U adabiyot va san’at tarafdori sifatida jamoat va madaniyat ishlarida faol ishtirok etardi. U shuningdek, mamlakatni obodonlashtirish ishlarida: madrassalar, karvon saroylar, savdo rastalari qurilishida, xalqqa ma’rifat tarqatishda muhim rol o‘ynagan. Nodirabegim ijodida hayotni, unda eng mo‘tabar zot insonni, jumladan ayollarning qadr-qimmatini ulug‘laydi. U o‘z asarlarida “ichkari” azoblarini tortib kelgan mazluma ayollarning hayotini tasvirlaydi, ularning qalb nidolariga quloq tutadi, achinish bilan tilga oladi. Shu bilan bir qatorda muhabbat, sadoqat va vafo haqidagi jozibador misralari bilan ularninginsoniy fazilatlarini ochib beradi.
Ko‘rgazmada o‘zbek xalqining ma’rifatparvar shoirasi Nodirabegimning hayoti va ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan kitoblar va jurnallar o‘rin olgan. Bular uning g‘azallari, muhammaslari, musaddaslari, musammanlari va tarjibandlari mujassamlashtirilgan “Davr Nodirasi”, “Nodira”, “Nodira. Devon”, “Ey sarvi ravon” (“Boqiy satrlar” turkumidan) kitoblari va uning ijodini ilmiy urganishga bag‘ishlangan maqolalardir.
Ma’rifatparvar shoira Nodirabegimning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari uning she’riy devonlari, o‘z davri adabiy muhiti, uning madaniyat va ma’rifat ravnaqi yo‘lida olib borgan ishlari haqida ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlar oldilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar