Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Zahiriddin Muhammad Boburning 533 yilligi munosabati bilan «Shoh va shoir» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


16.02.2016

 

2016 yil 16 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi, davlat arbobi, Boburiylar sulolasi va xukmronligi asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning 533 yilligi munosabati bilan «Shoh va shoir» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda taniqli boburshunos olimlar, tarixchilar, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy tibbiyot fakulteti kursantlari, P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtiroketdilar.
Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari U.Teshabaeva mazkur davra suhbatining mohiyati va Bobub hayoti va faoliyatini o‘rganishning ahamiyati haqida so‘zladi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Boburning hayoti, davlat arbobi sifatidagi va ijodiy faoliyati, uning adabiy, ilmiy va falsafiy-diniy asarlari haqida hikoya qildilar. Boburshunos olim, professor Abdulla A’zam Boburning serqirra ijodi va boy ma’naviy merosi haqida so‘zladi. «Zahiriddin Muhammad Boburning lirik asarlari «Qobul devoni» va «Hind devoni»da mujassam. U sharq she’riyatining 10 yo‘nalishida ijod qilgan shoirdir. Zahriddin Muhammad Boburning dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan asarlari, g‘azal va ruboiylari tarixiy voqealardan guvohlik beradi, yosh avlodni Vatanga, ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi». Taniqli jurnalist Tursunboy Qoratoev Boburning buyuk Temuriylar sulolasi tarixi, saltanatning vujudga kelish tarixi va Temuriylar va Boburiylar hukmronligi davridagi tarixiy voqealarni aks etgan «Boburnoma»da yaqqol nomoyon bo‘lgan badiiy-adabiy uslubi haqida gapirdi.
Shoir To‘ra Mirzo Boburning turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va she’riy asarlardagi ko‘rinishlari, aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan aruz vazni haqidagi “ Risolai aruz ” asari haqida so‘zladi. «Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, “Xatti Boburiy”, shuninigdek, musiqa san’ati va harb ishlariga maxsus bag‘ishlangan qator risolalari ham bo‘lgan. “Xatti Boburiy”da muallif arab alifbosini tahrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirilgan». Shoir Shukur Qurbon esa Boburning arab, fors-tojik va turkiy tillaridagi she’riyati haqida gapirdi. «Boburning asarlari golland, ingliz, nemis, fransuz, turk, rus va boshqa ko‘plab tillarga o‘girilgan. Uning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan poemalar (Oybek, B.Boyqobulov, X.Davron), romanlar (P.Qodirov) va qissalar (X.Sultonov) yaratilgan», dedi Sh.Qurbon.
Xonanda Ahror Rahmonov ijrosidagi Bobur ruboiy va g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlari, P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchilarining Bobur g‘azallari asosida mushoirasi, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 173-sonli umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi Habibullaeva Vazira ijrosidagi Bobur ruboilari davra suhbatiga bayramona shukuh bag‘ishladi. 
Davra suhbati qatnashchilari buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va uning Vatan sog‘inchi bilan yo‘g‘rilgan ijodi haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar