Foydali resurslar
“INFOLIB” Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “Xorijiy tillar kuni”ni o‘tkazish an’anaga aylangan. Yosh avlodda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va uni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasidagi to‘rtinchi kun xorijiy tillarga bag‘ishlandi.
Unda xorijda ta’lim olish imkoniyatlari va shartlari, xorijiy davlatlar ta’lim tizimi bilan tanishtiruvchi va u yerda ta’limni tugatgach istaqboldagi imkoniyatlar bilan tanishtiruvchi suhbatlar va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Infolib-2015” IV Axborot - kutubxona haftaligi doirasida foydalanuvchilar yanada ko‘proq ma’lumot olishlari va yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishishlari uchun «Yangi resurslar 2015» rukni ostida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi tashkil qilinadi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblar bilan kuyidagi zallarda tanishishingiz mumkin:
“Tafakkur” katta o‘quv zali – barcha fan sohalari bo‘yicha nashr etilgan adabiyotlar tadim etilgan. Masalan, “Traktor va avtomobil”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “O‘kituvchining yon daftari”, “Nauchnaya jurnalistika”, “Xirurgiya va reanimatsiya asoslari”, “Bolaligim ertaklari”, “Zolotoy telyonok”, “Zateryannыy mir”, “Tayna i loj”, “Zulfiya abadiyati”, “Bolam baxtli bo‘lsin desangiz”, “Mineralogiya”, “O‘zbekiston tarixi”
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston FA Asosiy kutubxonasining xorijiy adabiyotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Kutubxona 1933 yili Fan qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan. 1943 yilda esa unga Asosiy kutubxona maqomi berildi.
Dastlab u 39 mingdan ziyod adabiyot fondiga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda uning umumiy fondi 4 mil. Nashrni tashkil etadi. Kutubxona 600 mingdan ziyod xorijiy adabiyotlar fondiga egaligi bilan respublikada birinchi o‘rinda turadi. 2012 yili Vashington universiteti kutubxonaga 12 mingga yaqin ingliz, nemis, fransuz, rus, fors, tojik, qirg‘iz, qozoq va o‘zbek tillarida adabiyotlar sovg‘a qildi.
12 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida xalqaro musiqiy tanlovlar g‘oliblari Sardor Milano va Sabina Mustaevalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yosh xonandalar muxlislari, haftalik mehmonlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Yig‘ilganlarni Sardor Milano va Sabina Mustaevalar ijodi bilan tanishtirar ekan, taniqli jurnalist B.Babaev ularning sahnadagi birinchi qadamlari, debyutlari haqida gapirib berdi. Shuningdek, yig‘ilganlar e’tiboriga Sardor Milano va Sabina Mustaevalarning g‘alabalari muhrlangan, sohir ovozlari bilan barchani lol qoldirgan video-lavhalar namoyish etildi.
12 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida rassom, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi a’zosi Alisher Aliqulov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va K.Bekzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabalari, haftalik mehmonlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Ta’lim sifatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan, darslarga tayyorgarlik, mustaqil, ijodiy fikrlashda ko‘mak berayotgan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etayotgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi an’anaviy tarzda “Infolib” Axborot kutubxona haftaligi tadbirini o‘tkazib kelmoqda.
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida yangi foydalanuvchilarga ko‘pgina imkoniyatlar yaratilmoqda: kutubxonaning yangi a’zolarini ro‘yxatga olishda lotereya, kutubxona bo‘ylab mavzulashtirilgan ekskursiyalar va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini yorituvchi taqdimotlar bo‘lib o‘tmoqda.