Ko‘zgazmada shoiraning turli yillarda «Saodat», «Gulxan», «Guliston» jurnallarida chop etilgan hikoyalari va yoshlikni, Vatanga muhabbatni va mehnatni tarannum etuvchi she’rlari, «Olov», «Go‘dak xidi», «Bir yo‘l o‘ylari», «Ko‘k chiroqlar», «Bo‘ylaringdan o‘rgilay», «Odamlar orasida», «Qo‘shnilar», «Qizingiz yozdi» kabi kitoblari o‘rin olgan. Uning asarlarida ishchilar hayoti, oila va muhabbat mavzulari o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. Adiba asarlarining qahramonlari ham ayollardir.
Nazm va nasr sohibasi Saida Zunnunovaning 90 yilligiga bag‘ishlangan mazkur ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar Vatanga sadoqat, mehnatga muhabbat, baxt va muhabbat tuyg‘ularini kuylagan shoiraning hayoti, hayot qiyinchiliklariga qaramay qilgan ijodi, lirik she’rlari, jozibador qo‘shiqlari, nasriy asarlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.