Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Axloqshunos mutafakkir” mavzusida bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


11.02.2016

 

2016 yil 11 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Axloqshunos mutafakkir” mavzusida olim, donishmand Unsur al-Maoliy Kaykovus (1021-1098) tavalludining 995 yilligi munosabati bilan bibliografik obzor va  kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Kutubxona foydalanuvchilari uchun bibliografik obzorni O‘zbekiston Yozvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon olib bordi. U tinglovchilarga amaliy falsafa muammolarini o‘rganish bilan shug‘ullangan o‘rta asr Sharq mutafakkirlari vakili Unsur al-Maoliy Kaykovusning o‘ziga xos adabiy yo‘nalishi haqida hikoya qilib berdi. “Jasur Kaykubodning merosxo‘ri Kaykovus kayoniylar sulolasidan bo‘lgan 2-shoh bo‘lib,  1021-1098 yillarda yashagan. Kaykovusning hayoti va ijodi butun dunyo sharqshunoslarining, Sharq va G‘arb olimlari va pedagoglarining diqqatini hamisha o‘ziga tortib kelgan. U haqda antalogiya, kataloglar va ensiklopediyalarda ma’lumotlar mavjud. A.Ye.Krimskiy, R.Sh.Sotvoldiev, V.V.Bartold, Ye.E.Bertels, E.Braun va boshqa sharqshunos olimlar esa Kaykovusning “Qobusnoma”sini o‘rganish ustida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ular Kaykovusni olim, iste’dodli shoir, xati ko‘p yillar davomida barcha xattotlarga namuna bo‘lgan mohir xattotligini e’tirof etganlar. Uning “Qobusnoma” kitobi hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan, u Haqni tanimoq, uning ne’matlariga shukur qilmoq, ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, san’atni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni o‘rganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi kabi ko‘plab masalalarni o‘z ichiga olgan. Uning ijtimoiy-ahloqiy qarashlari falsafiy mushohada sifatida emas, balki pand-nasihatlar ko‘rinishida berilgan”, dedi Sh.Qurbon va shu nasihatlardan bir nechtasini misol sifatida keltirdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Kashfiyot” zalida amir Kaykovusning hayoti va ijodi va uning o‘ziga xos tarzda bitilgan, hayot qomusi bo‘lmish “Qobusnoma”ga bag‘ishlangan kitoblar va jurnallar ko‘rgazmasi ochildi. «Qobusnoma» asari 44 bobdan iborat bo‘lib, uni Kaykovus 1082—1083 yillarda o‘g‘li Gilonshoh tarbiyasiga bag‘ishlab yozgan. Asar ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, san’atni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni o‘rganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va olijanoblik kabi ko‘plab masalalarni o‘z ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlarning fazilatlari aqllilik, haqgo‘ylik, bag‘rikenglik kabilarga bo‘linadi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, rivoyatlar, she’r va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi.
Ko‘rgazmada “Uzluksiz ta’lim” va “Til va adabiyot ta’limi” jurnallaridan maqolalar va turli yillarda turli tadqiqotchi va tarjimonlar tomonidan tarjima qilingan “Qobusnoma” kitobining nashrlari taqdim etilgan.
 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar