Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “She’riyatning ikki darg‘asi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


10.02.2016

 

2016 yil 10 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ulug‘ shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan “She’riyatning ikki darg‘asi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ma’naviyat targ‘ibot markazi Yunusobod tumani bo‘limi bilan hamkorlika o‘tkazilgan mazkur tadbirda tilshunoslar, faylasuflar, adabiyotshunoslar, shoirlar, yozuvchilar va Yunusobodda joylashgan kollej va akademik litseylar o‘quvchilari ishtirok etdilar. 
 
Konferensiyada Alisher Navoiyning falsafiy va siyosiy qarashlari, Navoiy va Bobur ijodlarida inson talqini, Zahiriddin Muhammad Boburning shoh va shoirlik faoliyatiga  va Alisher Navoiyning jahon adabiyotida tutgan o‘rniga doir ma’ruzalar tinglandi, shuningdek Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kecha va buguni bilan tanishtiruvchi ma’lumotlar berildi.
Konferensiya ishtirokchilari oldida so‘zga chiqar ekan, Ma’naviyat targ‘ibot markazi eksperti, f.f.d. J.Shermuhamedova Alisher Navoiy qahramonlari obrazlarining xarakterli jihatlari ustida to‘xtalib o‘tdi, uning doston va poemalaridan parchalar o‘qib, ularni hozirgi kunda naqadar dolzarbligiga alohida urg‘u berib o‘tdi. “Navoiy ijodining asosi, asarlarinig tendensiyasi – yaxshilik, adolat, g‘urur va sadoqat. Uning asarlarini nafaqat o‘qish, balki har bir so‘zning ma’nosi va mohiyatini uqish kerak”, dedi u va yoshlarni ko‘proq mutolaa qilishga, o‘zlarida ezgu hususiyatlarni o‘zlarida shakllantirishga va buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga intilishga chaqirdi.
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir M.Mirzo Alisher Navoiy asarlari ta’siri va taassurotlari natijasida yaratilgan jahon adabiyoti durdonalaridan misollar keltirdi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi M.Salom shoir va mutafakkir Alisher Navoiy va shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur yosh avlod tarbiyasida va jahon tamaddunida tutgan o‘rni haqida suhbatlashdilar. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, f.f.n., adabiyotshunos olim A.Tilavov esa o‘quvchilar bilan interfaol usulda savol-javob o‘tkazdi. U Alisher Navoiy va Bobur asarlari bo‘yicha turli savollar berdi, o‘quvchilar esa ularni qaysi asarlardan olinganini, ularning yaratilganligini aytdilar, iqtidorliroqlari esa jumlalar keltirilgan g‘azal va ruboyilarni yoddan o‘qib berdilar va mukofot-kitoblarni qo‘lga kiritdilar.
Milliy bibliografiya ma’lumotlar bazasini shakllantirish xizmati rahbari  Sh.Rahimova konferensiya ishtirokchilariga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining tarixi, bugungi kundagi faoliyati hamda Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati fondida saqlanayotgan Alisher Navoiyning qo‘lyozma va toshbosma usuldagi nashrlari haqida ma’lumot berdi. “Bizning kutubxonamizda Alisher Navoiyning 18ta qo‘lyozma va toshbosma usuldagi nashrlari, 50ta asarlari, 42ta ilmiy ish saqlanmoqda.  Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan uning musiqali grammplastinkalar to‘plami raqamlashtirildi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi saytida Alisher Navoiyning 20-jildlik asarlar to‘plamining elektron shakli kitobxonlar uchun taqdim etilgan. Shuningdek, Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligini nishonlash doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyida Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati fondida saqlanuvchi, XVII - XX asrlarga dahldor Alisher Navoiy hayoti va ijodini yoritib beruvchi tarixiy adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu yerda shoirning xattotlar tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmalari, toshbosma va zamonaviy usullarda chop etilgan kitoblar namoyish qilinmoqda”, dedi Sh.Rahimova va mazkur ma’lumotni slaydlarda namoyish etdi. 
Qatnashchilar tadbir davomida ko‘p qiziqarli va foydali ma’lumotlar oldilar va konferensiya tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar