Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi tasavvuf alloma at-Termiziy hayoti va ilmiy merosi haqidagi kitoblar bilan boyitildi - Bo`limga qaytish


05.02.2016

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi tasavvuf alloma Muhammad ibn Ali ibn al-Husayn at-Termiziy hayoti va ilmiy merosi haqidagi “Haj va uning sirlari”, “Inson odobi” va “Termizlik allomalar asarlarining kulyozmalari” nomli kitoblar bilan boyitildi. 
“Haj va uning sirlari” kitobi 2015 yilda “Movarounnahr” nashriyotida 256 bet hajmda, 5000 ming nus’hada chop etilgan. U ilk bor arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etildi. Kitob at-Termiziyning ilmiy va ruhiy muhiti, Ka’baning qanday barpo qilingani, hajning boshqa ibodatlardan farqi, uning farzi va uning hukmlari to‘g‘risida hikoya qilinadi. Tarjimadan tashqari kitobda ilmiy izohlar, geografik joy nomlari, etnik nomlar, oyatlar va asarlar nomi ko‘rsatkichi ham o‘rin olgan. Tarjima va izohlar muallifi Jaloliddin Xamrokulov.
 
“Inson odobi” kitobi “Noshir” nashriyotida 2015 yilda 144 bet hajmdava 150 nus’hada chop etilgan bo‘lib, unda at-Termiziy tan va ruh tarbiyasi, ruhni chiniqtirishda qiyinchilik va yo‘qotishlar bilan tarbiyalashning zarurligi, shuningdek, imon va umuminsoniy xislatlarning tarbiyasining muhimligi haqida so‘z boradi. Kitobda atamalarning izohlari, shaxslarning, joylar, dinlar, xalqlar va qabilalar nomlarining ko‘rsatkichlari berilgan. Kitobda asarning arab tilidagi matni ham berilgan. Tarjima va izohlar muallifi Komiljon Rahimov.  
“Termizlik allomalar asarlarining kulyozmalari” katalogi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi tomonidan 2015 yilda 220 bet hajmda nashr etilgan bo‘lib, o‘n ikkita termizlik allomaning  129ta asaridanolingan 452ta qo‘lyozmasining ilmiy tavsifi o‘rin olgan. Bu asarlar asosan islom ilmlari, tasavvuf, falsafa va adabiyot sohasiga taalluqli bo‘lib, u sharqshunos, islomshunos, manbashunos mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Tavsiflarda termizlik olimlar asarlarining mazmuni, tili, hajmi, qo‘lyozmalarning ko‘chirilgan yili, ko‘chiruvchisi va saqlaniyotgan joylari haqida mahlumotlar aks ettirilgan.  
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondiga kelib tushgan mazkur kitoblar “Termizlik allomalar ilmiy merosini tadqiq etish, asarlarini tarjima qilish va nashr etish” amaliy loyihasi doirasida tayyorlangan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar