Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O'zbekiston Milliy kutubxonasida D.Raxmatullaevaning “San'atga baxshida umr. Yayra Abdullaeva” nomli kitobi taqdimoti va O'zbekiston xalq artisti Y.Abdullaeva bilan ijodiy uchrashuv - Bo`limga qaytish


28.01.2016

 2016 yil 28 yanvar kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida san'atshunoslik fanlari doktori, professor Dilfuza Raxmatullaevaning “San'atga baxshida umr. Yayra Abdullaeva” nomli kitobi taqdimoti va O'zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaeva bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari, Toshkent madaniyat kolleji o'quvchilari, Toshkent teatrlari artistlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Taqdimotda san'atshunoslik fanlari doktori, professor Dilfuza Raxmatullaeva “San'atga baxshida umr. Yayra Abdullaeva” nomli kitobining yozilish jarayoni, unda hikoya qilinayotgan ma'lumotlar va O'zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaeva bilan ijodiy hamkorlik haqida so'zlab berdi. “Kitobda Y.Abdullaevaning bolalik davri, ota-onalari, qarindoshlari, ustozlari va maslakdoshlari to'g'risidagi uning do'stlari va sahnadagi sheriklarining Y.Abdullaeva to'g'risidagi hikoyalari jamlangan. Kitob ustida ishlash jarayonida Y.Abdullaevaning ijodiy yo'lini yoritib beruvchi to'plangan barcha manbalar bibliografik ko'rsatkichlar bo'limida keltirilgan. Kitobda hikoya qilingan o'z hayotini teatrga xizmat qilishga bag'ishlagan insonning ibratli umri yoshlarimizga katta hayot maktabi bo'lishi shubhasiz. Teatr tanqidchilari va sahna san'atini o'rganuvchi talabalar uchun esa, Y.Abdullaevaning barcha o'ynagan rollari ro'yxati berilgan.
O'zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaeva urush yillarida o'tgan bolalik davri haqida, Ikkinchi jahon urushi yillarida o'zbekistonlik san'at namoyondalari truppasidagi ishtiroki, A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutida o'tgan talabalik davri, akademik drama teatrida o'ynagan birinchi roli, ustozlari, kasbdoshlari va izdoshlari haqida so'zlab berdi.

Tadbir ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan kitob muallifi prof.D.Raxmatullaevaga murojaat etdilar, O'zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaevaga esa o'z shaydoliklarini izhor etib, mustaxkam sog'lik va yana uzoq yillar tomoshabinlarni xushnud etib yurishliklarini tiladilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar