O'zbekiston Milliy kutubxonasida V.A.Motsartning 260 yilligiga bag'ishlangan kitob-rasmli ko'rgazma ochildi -
Bo`limga qaytish
27.01.2016
2016 yil 27 yanvar kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida avstriyalik kompozitor va dirijyor Volfgang Amadey Motsartning 260 yilligiga bag'ishlangan kitob-rasmli ko'rgazma ochildi. Ko'rgazmada Motsart hayoti, ijodi va boy madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, jurnallar va rasmlar taqdim etildi.
Volfgang Amadey Motsart 1756 yil 27 yanvar kuni Zaltsburgda tavallud topdi. Ilohiy musiqiy qobiliyati tufayli Volfgang to'rt yoshidayoq klavesinda chalishni, olti yoshida kuy yaratishni boshlagan, o'n yoshida esa ilk simfoniyasini yozadi, o'n bir yoshida esa musiqali teatr uchun asarlar yozishni boshlagan. Motsart jami 600dan ziyod musiqiy asar yaratgan, shundan: 16ta messa, 14ta opera va zingshpiel, 41ta simfoniya, fortepiano uchun 27ta kontsert, skripka uchun 5ta, li orkestrlar 8ta uchun, orkestrlar yoki turli ansambllar uchun ko'plab serenadalar, fortepiano uchun 18ta sonata, skripka va fortepiano uchun 30dan otriq sonat, torli kvartetlar uchun 26ta, torli kvintentlar uchun 6ta va kamera va cholg'u ansambllar uchun ko'plab pesalar, variatsiyalar, qo'shiqlar, cherkovlar uchun bir necha kompozitsiyalar. Unga dunyoga mashhurlikni “Figaroning uylanishi” va “Sehrli nay№ operalari keltirgan. Motsartning asosiy janrlaridan biri - bu fortepiano uchun kontsertlardir. O'z ijodida u 15ta fortepiano uchun kontsert yaratgan. Ularning barchasi Motsartning muhlislar oldiga kompozitor, ijrochi va dirijyor sifatida ijro etishi uchun yozilgan edi. U shuningdek, avstriya imperatorining hovlisida kompozitor va kapelmeyster bo'lib xizmat qiladi. Kasallikka chalinganiga qaramay, u “Rekviem” asari ustida ish boshlaydi. U oltita qismini tugatib, ettinchi qismini oxiriga etkaza olmay olamdan o'tdi.
Ko'rgazmada “Volfgang Amadey Motsart. Kratkiy ocherk jizni i tvorchestva”, “Motsart. Galereya opernx komponistov”, “Forma rondo v instrumentalnx proizvedeniyax Motsarta”, “Motsart i russkaya muzkalnaya kultura”, “Xronika poslednix let jizni i smert. Tak bl li on ubit?” kabi nazariy kitoblar, “Ubiystvo Motsarta”, “Motsart. Pisma”, “Ispoved zvezd”, “Motsart” kabi badiiy kitoblar, “Muzkant mira”, “100 velikix kompozitorov” entsiklopedik nashrlari hamda jurnallardan maqolalar va vinil plastinkalar o'rin olgan.