Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
18.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Imom al-Buxoriy tavalludining 1205 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi


2015 yil 18 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Imom al-Buxoriy tavalludining 1205 yilligiga bag‘ishlangan “Imom al-Buxoriy merosining komil inson tarbiyasidagi roli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Marifatparvarlar jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

17.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Xalqimiz timsoli – yuksak bir yalov” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi


2015 yil 17 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Xalqimiz timsoli – yuksak bir yalov” shiori  ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

13.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini tamomladi


2015 yil 13 noyabr kuni axborot madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda respublika milliy madaniy merosini asrash, mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish, aholining turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirish va mashhur yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, artistlar, xonandalar va hunarmandlar bilan tanishtirishdan iborat “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini tamomladi. Haftalik doirasida kitob taqdimotlari, adabiyotlar, rasmlar va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmalari, seminarlar, davra suhbatlari, ekskursiyalar, mahorat darslari, tanlovlar, aksiyalar, mashhur yozuvchi, shoir, rassom, artist, xonanda va noshirlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

13.11.2015 “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “Malika va jodugar” romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi


13 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida ozarbayjon yozuvchisi Yunus O‘g‘uzning “Malika va jodugar” romanining o‘zbek tiliga tarjimasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi (tarjimon Usmon Qo‘chqor). Taqdimot G.Aliev nomidagi Ozarbayjon milliy madaniyat markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Tadbir avvalida ozarbayjon yozuvchisi, olim Yunus O‘g‘uzning ijodi haqida hikoya qiluvchi video-lavha namoyish etildi. Taqdimot qatnashchilari Yu.O‘g‘uzning boshqa asarlari bilan, ularning mazmuni va mohiyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Turkiyshunos olim, publitsist, yozuvchi Yu.O‘g‘uz o‘zbek kitobxonlariga “Yuksalish sari” va “Dunyoning hokimi” nomli ikki romanni o‘z ichiga olgan  “Amir Temur” kitobi orqali tanish.

13.11.2015 «INFOLIB-2015» IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistondagi Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishi bo‘lib o‘tdi


2015 yil 13 noyabr kuni «INFOLIB-2015» IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistondagi Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston – ko‘pmillatli mamlakat. Uda 120 millat vakillari do‘stona, ahil va inoq yashaydilar. Bunday madaniy va etnik xilma-xillik bir-birining madaniyatiga chambarchas bog‘lanib davlat iftixoriga aylanib bormoqda. Tadbirning maqsadi – ko‘pmillatli O‘zbekistonda yashovchi xalqlarnining bebaho madaniy boyligini ko‘rsatish. 

13.11.2015 “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida xalq xunarmandchiligi bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi


2015 yil 13 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida xalq xunarmandchiligi bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur mahorat darslarini o‘tkazishdan maqsad – yoshlarda estetik didni rivojlantirish va xalq hunarmandchiligi namunalarini tayyorlash uslublari bilan tanishtirish.

Mahorat darslarida hunarmandlar, hunarmandchilikka qiziquvchilar, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va haftalik mehmonlari ishtirok etdilar.


Oldin   7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar