Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida koreys liboslarining tarixiy o‘ziga xosliklariga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


25.11.2015

 

2015 yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Koreyadagi Jungbu universiteti professori Ji Djung Kangning koreys liboslarining tarixiy o‘ziga xosliklariga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Professional moda haftaligini o‘tkazishdan maqsad, yosh dizaynerlar va “Modalar uy”larining kolleksiyalarini namoyish etishlari uchun imkoniyatlar yaratish, moda dunyosi yangiliklaridan xabardor etish, iste’dodli yoshlarni ijodiy potensiallarini rivojlantirish, professional muhitni tashkil etish va jahon moda sanoati bilan xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni tashkil etishdan iborat.
Yosh professional dizaynerlar, OO‘Yu talabalari va kasb-hunar kolledji o‘quvchilari uchun tashkil etilgan seminar treningda Koreyadagi Jungbu universiteti professori Ji Djung Kangning koreys liboslarida naqshlarning tarixiy kelib chiqishi, ularni liboslarda aks ettirilishining ahamiyati va milliy, zamonaviy koreys liboslari andazasini yaratishning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlab berdi. 
Professor Ji Djung Kang turli davrlar liboslari fotosuratlarini ko‘rgazmali namoyish etdi, ularning paydo bo‘lishiga ta’sir etgan omillar haqida gapirib berdi, ulardagi rasmlar va ramzlarni sharhladi, shuningdek skanerlash va yetishmayotgan elementlarni to‘ldirish orqali ularni tiklash jarayoni haqida ma’lumot berdi. 
Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar va qiziqarli tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar