Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida amerikalik taniqli qandolatpaz Uilyam Yozis bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


24.11.2015

 

2015 yil 24 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida amerikalik taniqli qandolatpaz Uilyam Yozis bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent turizm va servis kolleji o‘qituvchi va o‘quvchilari, kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Uilyam Yozis zamonaviy amerika qandolatchilik san’ati, sog‘lom ovqatlanish, pazandalik sohasida biznes va tadbirkorlik haqida so‘zlab berdi. U sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish foydasi, taniqli insonlar ratsioni, uni shohasarlar yaratishga ruhlantiradigan fantaziyalari va yangi texnologiyalar haqida ham so‘z yuritdi. Uilyam Yozis 2014 yilga qadar Vashingtondagi Oq uyda shef-qandolatchi vazifasini bajarib kelgan davrda yaratilgan shaxsiy dasturlarini taqdim etdi. “Sog‘lom ovqatlanish – bu hayot tarzi bo‘lib qolishi kerak. Zararli taomlardan: ishlab chiqarish maxsulotlari – shirinliklardan, tez tayyorlanadigan  fast-fud va yarim tayyor maxsulotlardan voz keching. O‘z ratsioningizni ozuqa moddalariga boy maxsulotlar bilan to‘ldiring”, dedi u. 
Uilyam Yozis o‘ttiz yildan buyon qandolatpazlik sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. U “The Perfect Finish: Special Desserts for Every Occasion”(Ideal yakun: barcha hollarga mos keluvchi maxsus dessertlar) kitobi muallifi. Hozirgi kunda u bolalar va kattalarga sog‘lom ovqatlanish asoslarini targ‘ib etuvchi «Ovqatlanish savodxonligi» loyihasi ustida ish olib bormoqda. O‘zbekistonda u mazkur loyiha doirasida Urganch va Buxoroda leksiyalar va mahorat darslari o‘tkazib keldi.
Amerikalik taniqli qandolatpaz Uilyam Yozis slad-shou yordamida o‘z san’ati namunalarini namoyish etdi, ularning tayyorlanish uslubi va ularning tarkibidagi maxsulotlarning afzalliklari to‘g‘risida gapirib berdi.
Tadbir ishtirokchilari o‘z ovqatlanish tarzlariga doir savollar bilan murojaat etdilar, Uilyam Yozis esa ularni sharhlab, o‘z tavsiyalarini berdi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar