Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


11.11.2015

 

2015 yil 11 noyabr kuni  “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, dramaturg, yozuvchi, tarixshunos, publitsist, tarjimon, O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid  Davron bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi Tadbirda shoir Eshqobil Shukur, adabiyotshunos olimlar Qozoqboy Yuldosh, Jabbor Eshonqul, yozuvchi Salomat Vafo, Yunusobod tumanidagi 274-son umumta’lim maktabining o‘quvchilari va X.Davron ijodi ihlosmandlari ishtirok etdilar. 
Ijodiy uchrashuvda so‘zga chiqqanlar X.Davronning ijod yo‘li, uning o‘zbek xalqining ma’naviy yuksakligi, ilmiy salohiyati va ajdodlarimizning o‘chmas jasoratlari aks ettirilgan mutafakkir olim, astronom va astrolog Mirzo Ulug‘bek hayotiga bag‘ishlangan “Alg‘ul”, buyuk sarkarda, shoir Zaxiriddin Bobur hayotiga bag‘ishlangan “Shoh Bobur tarixiy voqealarga boy asarlarining o‘ziga xos uslubi haqida so‘zladilar. 
Adabiyotshunos olim Qozoqboy Yuldosh mohir tarjimon Xurshid Davronning tarjimalariga alohida to‘xtaldi, uning tarjimaning asl tili va muallif uslubini yetkazib berish mahoratiga urg‘u berdi. “Uning rus shoirlari she’rlari, chet el yozuvchilarining hikoyalari tarjimasini o‘qir ekan, o‘zbek kitobxoni o‘zini ularni asliyatda o‘qigandek xis etadi. Tarjimon mahorati ham shunda”, dedi u.   
Uchrashuv qatnashchilari oldida so‘zga chiqqan shoir X.Davron ularga o‘z ustozlari va shogirdlari haqida so‘zlab berdi, bolalik va yoshlik xotiralarini xotirladi, o‘z asarlari va ijodiy rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, shoir vatanni, o‘zbek an’analarini, xalqning kundalik hayotini va umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi she’rlarini o‘qib berdi.
Yunusobod tumanidagi 274-son umumta’lim maktabining o‘quvchilari X.Davron ijodiga mansub she’rlardan o‘qib berdilar va muallif tomonidan uning kitoblari bilan taqdirlandilar.  Ijodiy uchrashuv doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanuvchi X.Davron qalamiga mansub kitoblar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar